Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

Italiyaning olti klubi moliyaviy hamkorsiz qoldi

Italiyaning olti klubi moliyaviy hamkorsiz qoldi

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Italiyaning olti klubi inqirozli vaziyat tufayli moliyaviy hamkorlar bilan kelishuvga erisha olmayapti. Bu haqda «Calcio e Finanza» xabar berdi.

Koronavirus tufayli ko‘plab klublar inqirozli vaziyatni boshdan kechirmoqda. Shu jumladan, «Inter», «Lasio», «Roma», «Sampdoriya» va «Venesiya» kabi italyan klublari hamkorlarsiz qoldi.

Amaldagi A Seriya chempioni hisoblanmish «Inter» ayni damda «Pirelli» kompaniyasi bilan hamkorlik bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Kelishuv kamida olti hafta davom etishi aytilgan.

«Roma»ning o‘tkan mavsumda klub futbolkalaridagi reklama yozuvlari uchun 11 million yevro to‘lagan hamkori «Qatar Airways» shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi. Jamoa hamkorlaridan yana biri Janubiy Koreyaning «Hyundai» kopmpaniyasi ham futbolchilar libosi qo‘l qismidagi reklama uchun yiliga 3 million emas, 2 million yevro to‘lashini ma’lum qilgan.

Klublarning hamkorlar bilan shartnoma tuzolmayotganiga yana bir sabab Yevropa Chempionlar ligasida qatnashuvchi «Inter», «Yuventus», «Milan» va «Atalanta»ning haligacha UYEFAdan reklama huquqlaridan foydalanish bo‘yicha ruxsat olmagani etib ko‘rsatilmoqda.

Kiritildi: 17:57, 11.07.2021.
O'qildi: 3150 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик