Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Eldor Shomurodov pandemiya vaqtida Rossiyada qolib ketgan «Bunyodkor» yoshlar jamoasini 1,5 oy davomida moddiy ta’minlab turgani ma’lum bo‘ldi

Eldor Shomurodov pandemiya vaqtida Rossiyada qolib ketgan «Bunyodkor» yoshlar jamoasini 1,5 oy davomida moddiy ta’minlab turgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston terma jamoasi va «Jenoa» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov 2020 yil pandemiya davrida xayrli ishga qo‘l urgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston terma jamoasi va «Bunyodkor» fan-klubi yetakchisi Abdurahmon Fozilov «Krasava» kanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, «Bunyodkor» bolalar jamoasi Rossiyaning Krasnodar shahrida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan vaqtda koronavirus sabab karantin choralari kuchaytirilgan va jamoa o‘sha yerda qolib ketgan. 30 kishidan iborat jamoaning zaxirasi mehmonxonada o‘n kun istiqomat qilishga yetgan, keyinchalik ularda resurs qolmagan. Bundan xabar topgan Shomurodov Rostovdan Krasnodarga borgan, mehmonxona va boshqa xarajatlarni qoplab bergan. Shundan keyin u delegasiyani Rostovga olib ketgan va 1—1,5 oy davomida ularni ta’minlab turgan.

Vaziyat biroz yumshagach, O‘zbekiston FVV maxsus reys orqali «Bunyodkor» yoshlarini ortga qaytargan.

«Shomurodov 30 kishidan iborat jamoani 1,5 oy davomida boqdi. Bu haqda u na YouTube, na Instagram va na boshqa joyda gapirdi. Uning ishlari ulkan hurmatga loyiq. Shundan keyin u yigitlarni Rostovdan Moskvagacha kuzatib qo‘ydi va samolyotga chiqqungacha bo‘lgan xarajatlarni barchasini qoplab berdi», — deydi Abdurahmon Fozilov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:00, 12.07.2021.
O'qildi: 8877 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик