Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Argentinaliklar hujumda harakat qilishadi

Argentinaliklar hujumda harakat qilishadi

Baho:
+ | -

Manchester shahrining moviy tomonidagi 10 yillik xizmatidan so‘ng, Serxio Aguero mavsum oxirida klubi bilan xayrlashdi. U o‘n yillik faoliyati davomida ko‘plab sovrinlarga ega chiqdi. Aguero Premiyer Liganing eng yaxshi to‘purarlari qatorida edi. Shubhasiz, uning o‘yinini butun futbol dunyosi esida saqlaydi. «Manchester Siti»ning grand klubga aylanishida Agueroning xizmatlari katta.

O‘tgan mavsum yakunida «shaharliklar» yulduzi Aguero klubni tark etishini va yangi mavsumni «Barselona»da boshlashini ma’lum qilgandi. U Kataloniyada asosan zahira o‘rindig‘ida qolishini bilsa ham shuni ma’qul ko‘rdi.
Ispaniyaning «AS» nashri «ko‘k-anorranglilar» La Liganing yangi mavsumi hujum chizig‘ida Ansu Fati va Memfis Depay tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Lionel Messi bilan boshlashi mumkinligini yozgandi.
Aguero esa «Siti»dagi 19,8 millionga baholangan shartnomasi tugaganligi sabab, qaysidir klubga o‘tishi kerak edi. Uning «bo‘sh qolishi»ni eshitgan Yevropaning ko‘plab grand klublari takliflar bilan chiqishdi. Bunda «Yuventus» eng katta figura edi. Biroq Aguero «Nou Kamp»ni tanladi.

33 yoshli Aguero «Barselona»da yiliga 5,1 million funt-sterling ishlab topadi. U Kataloniyaga ko‘chib o‘tishida hamyurti Messining bergan maslahati katta rol o‘ynaganligini aytdi. 34 yoshli 6 karra Oltin to‘p sohibi Messi, klubi bilan sharnomasi yakunlangach, hozircha rasman ishsiz bo‘lib turibdi. Bu borada «Barsa» prezidenti Juan Laporta Serxio Aguero bilan hamkorlikda Messini klubda olib qolishga harakat qilayotganini ta’kidlagan. Laporta bu haqda «La Vanguardia» nashriga bergan intervyusida shunday deydi: «Men Messini tezroq yangi shartnomaga rozi bo‘lishini istardim. Chunki bizga uning qobiliyati har qadamda azqotadi. Aguero esa bizga bu borada yordam beryapti».

Serxio Aguero o‘tgan mavsumni jarohatlar bilan kurashib o‘tkazdi. Shu tufayli butun mavsum davomida Premiyer ligada atigi 7 ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi, xolos. Gvardiola Agueroning so‘nggi mavsumida uni maksimal darajada o‘yin amaliyotida bo‘lishini ta’minlaganini aytdi. Aguero yangi mavsumni Barselonada maoshining 75 foizi qisqartirilgan holda boshlaydi. U Messi bilan bir safda to‘p surishni istaganini yashirib o‘tirmaydi. Endilikda kataloniyaliklar tarkibida ikki argentinalik juftligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. Bu qiziq bo‘lishi aniq!

Jaloliddin ISMATOV tayyorladi

Kiritildi: 13:57, 15.07.2021.
O'qildi: 4391 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.