«Inter» himoyachisi Dalbert o‘ziga Rossiyadan tushgan taklifni rad etdi. Bu haqda mashhur jurnalist Nikolo Skira xabar beradi. SSKA futbolchiga qiziqish bildirgan edi.
Braziliyalik futbolchi Italiyada qolishni da’vo qilmoqda. U «Kalyari» bilan ayni paytda muzokaralar olib bormoqda.
Shu bilan birga, Dalbert yangi klubida ijarada o‘ynaydi. Futbolchini sotib olish qiymati yetti million yevroni tashkil etishi belgilab qo‘yildi.