Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

FIDE Jahon kubogi-2021: Jahongir va Javohirdan sensasion g‘alaba!

FIDE Jahon kubogi-2021: Jahongir va Javohirdan sensasion g‘alaba!

Baho:
+ | -

Shu kunlarda Rossiya Federasiyasining Sochi shahrida davom etayotgan shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi FIDE Jahon kubogi tobora qizg‘in tus olmoqda.

Ayni paytda dunyoning eng kuchli shaxmatchisi bo‘lmish Magnus Karlsen ham muvaffaqiyatli dona surayotgan musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 892 500 dollarni tashkil etishidan xabaringiz bor. Musobaqa g‘olibi yakunda 110 000 dollarga ega bo‘ladi.

Kecha bo‘lib o‘tgan Jahon kubogining 1/64 final bosqichidan o‘rin olgan ikkinchi partiya uchrashuvlarida yosh grossmeysterlarimiz Jahongir Vohidov, Shamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboyev, Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov kuchli raqiblariga qarshi munosib dona surishdi.

Quvonarlisi, Nodirbek Abdusattorov hindistonlik grossmeyster Aravindx Chitambaramni 1,5:0,5 hisobida taslim etdi va uchinchi davraga, ya’ni 1/32 final bosqichiga yo‘l oldi. Endi Abdusattorov fransiyalik mashhur grossmeyster Anish Giri bilan to‘qnash keladi. Giri rossiyalik Boris Savchenkodan 2:0 hisobida ustun keldi.

19 yoshli grossmeysterimiz Shamsiddin Vohidov dunyo tarixidagi ikkinchi yosh grossmeyter, 2015 yilgi FIDE Jahon kubogi g‘olibi, tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempioni (2012 yil), blis bo‘yicha jahon chempioni (2016), 2013 va 2019 yillarda jamoaviy jahon chempionatida ikki bor chempionlik tojini kiygan rossiyalik mashhur shaxmatchi Sergey Karyakinga har ikki partiyada ham yutqazib qo‘ydi. Yana bir vakilimiz Nodirbek Yoqubboyev esa chexiyalik nomdor grossmeyster David Navaraga 0,5:1,5 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqa bilan xayrlashdi.

Jahongir Vohidov hamda Javohir Sindarovlar esa ikkinchi partiyada ham nomdor raqiblari bilan murosaga kelishdi. Natijada ular hal qiluvchi tay-brekda o‘z omadlarini sinab ko‘rishadigan bo‘ldi.

Hozirgina yakunlangan tay-brekda Jahongir Vohidov sensasion g‘alabaga erishdi. U kimsan Leniyer Perez Domingesni mag‘lub etdi va uchinchi bosqichga yo‘l oldi. Taqqoslash uchun: ayni paytda FIDE tasnifida Jahongir 2534 reyting ochkosiga ega bo‘lsa, uning raqibi hisobida 2758 reyting ochkosi bor.

Jahongirning ortidan Javohir Sindarov ham shov-shuvli g‘alabaga erishdi. Dunyoning eng yosh grossmeysterlaridan biri bo‘lib turgan Sindarov fors millatiga mansub Fransiya fuqarosi Alirizo Firuzjadan ustun keldi va shu tariqa 1/32 finalga yo‘l olgan shaxmatchilarimiz soni uch nafarga yetdi. Taqqoslash uchun: Firuzja FIDE tasnifida 2759 reyting ochkosiga ega. Javohirning bu boradagi ko‘rsatkichi esa 2558ni tashkil etmoqda.

Manba: minsport.uz
Kiritildi: 06:40, 18.07.2021.
O'qildi: 7333 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.