«MYU» afsonasi Aleks Fergyuson yarimhimoyachi Jeydon Sanchoning Manchesterga ko‘chib o‘tishi haqida gapirdi.
Uning fikricha, yosh futbolchida yakkama-yakka holatlardan gol urish qobiliyati kuchli rivojlangan. Sanchoning Premyer-ligada paydo bo‘lishi «mankunianlar»ning raqiblariga qo‘shimcha boshog‘rig‘i yaratishi turgan gap.
"O‘ylaymanki, Sancho, yakkama-yakka duellarda juda xavfli. U ham gol ura oladi, ham kuchli assistent sifatida ko‘pchilikni diqqatini tortgan. Uning salohiyatiga shubha qilmayman.
Jeydon katta o‘yinlarda doim o‘zini ko‘rsatgan. U hali Angliya chempionatida o‘z so‘zini aytadi», - deydi Fergyuson.