Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Tokio-2020. O‘zbekiston delegasiyasi ochilish marosimi paradida ertaroq o‘tadi

Tokio-2020. O‘zbekiston delegasiyasi ochilish marosimi paradida ertaroq o‘tadi

Baho:
+ | -

Sport oilasi naqd 5 yil kutgan kun yetib keldi. Yana bir necha soatdan so‘ng Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanadi.

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sabab ushbu musobaqa 1 yilga kechiktirildi. Bugun bo‘lib o‘tadigan marosimda ishtirokchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qatnashchilarning soniga cheklovlar qo‘yilgan.

Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da start oladi. Unda ishtirokchi davlatlarning marshi alohida ahamiyat kasb etadigan jarayondir. Ma’lumki, paradda birinchi bo‘lib zamonaviy Olimpiya o‘yinlarining asoschisi hisoblanmish Gresiya chiqib keladi. Shundan so‘ng mezbon davlat alifbosi bo‘yicha davlatlar ketma-ketligi “Olimpiya stadioni”da ko‘rinish beradi. E’tiborlisi, O‘zbekiston nomi yapon alifbosida oldi qatorlardan bo‘lib, tartib raqam bo‘yicha 25-o‘rindan joy olgan.

Hozirda Tokidagi O‘zbekiston delegasiyasi shtabida ochilish marosimiga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, shtabda kichik yig‘ilish o‘tkazilib, ishtirokchilar ro‘yxati shakllantirildi. Shuningdek, qatnashchilarning rasmiy kiyimi tayyorlanib, barchasi taxt holatga keltirilmoqda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:05, 23.07.2021.
O'qildi: 3200 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик