Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Luton 1-1 Everton
04/05 00:00 Lans 2-0 Loryan
04/05 00:00 Xetafe 0-2 Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal 3-0 Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad 2-0 Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr 3-1 Strasbur
04/05 18:30 Andijon 0-1 So‘g‘diyona
04/05 19:00 Byornli 1-4 Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted 1-3 Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford 0-0 Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid 3-0 Kadis
04/05 20:00 Monako 4-1 Klermon
04/05 21:00 Monsa 2-2 Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti 5-1 Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona 4-2 Barselona
04/05 22:00 Mets 2-3 Renn
04/05 23:45 Sassuolo 1-0 Inter
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari - Lechche
05/05 17:00 Osasuna - Betis
05/05 18:00 Brayton - Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi - Vest Xem
05/05 18:00 Empoli - Frozinone
05/05 18:00 Verona - Fiorentina
05/05 19:15 Selta - Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul - Tottenhem
05/05 21:00 Milan - Jenoa
05/05 21:30 Valensiya - Alaves
05/05 23:45 Roma - Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano - Almeriya
06/05 00:00 Sevilya - Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion

Krishtianu Ronalduning “YUventus”dagi kelajagi qanday kechadi?

Krishtianu Ronalduning “YUventus”dagi kelajagi qanday kechadi?

Baho:
+ | -

Turinning “Yuventus” klubiga Massimiliano Allegri qaytgani jamoa ichidagi muhitni butkul o‘zgartirib yubrishi aniq. So‘nggi yillar ichida Jahon futbolida yuz bergan iste’folar ichida eng g‘alatisi shubhasiz – Allegrining ketishi bo‘lgandi. Turinliklar bilan 5 marotaba “A” Seriya chempioni bo‘lgan, ikki marotaba CHL finaliga yetib borgan mutaxassis orada hech bir klubda ishlamadi. Endi esa u qaytgach kun tartibida Krishtianu Ronaldu bilan munosabatlar mavzusi yana birinchi o‘ringa ko‘tarilmoqda. Zotan Italiya matbuotining yozishicha, 2019 yil Allegri klubdan ketar ekan prezident Anyelliga – “Ronaldudan voz kechmasang u klubga o‘sish imkonini bermaydi” – deb aytgan.

Ta’kidlanishicha, Ronaldu katta o‘yinlarda ko‘rinmay qolmoqda. “Kalyari”, “Udineze” va “Krotone” kabi klublarga qarshi gollarni “taxlab” tashlayotgan bo‘lsa, “Milan” yoki “Inter”ga qarshi u keragidek ko‘rinmayapti, deyishmoqda ayrim kuzatuvchilar.

Albatta yuqoridagi voqea mish-mish yoki jurnalistlarning fantaziyasi bo‘lishi mumkin, orada (2020 yil qishida) Allegri Ronaldu manzili tomon bir qator iliq fikrlarni ham yo‘llab bo‘ldi. Shuningdek, shu yil iyun oyida ikkisi alohida uchrashib olgani haqida ham ma’lumotlar bor. Biroq ommaga nimalar haqida gap borgani haqida hech qanday xabar sizib chiqqani yo‘q.

Ronalduning klub bilan shartnomasi 2022 yil yozida nihoyasiga yetadi. Ko‘rinishidan jamoa oldida uning imkoniyatlaridan maksimum foydalanishdan boshqa chora qolmayapti. Boisi bozorda “KriRo” uchun munosib haq to‘lashi mumkin bo‘lgan boshqa jamoa ko‘rinmayapti. MYU va “Real” variantlari o‘yindan chiqib ulgurdi. PSJ varianti bor, ammo parijliklar Ikardi bilan almashish orqali Ronalduga yega bo‘lishmoqchi. Bu Yuve uchun ham, Ronaldu uchun ham qoniqarli yo‘l emas. Demak, bizni Ronaldu va Allegri hamkorligidagi eng kamida yana bitta mavsum kutmoqda.

Hozirda yaqinlari bilan ta’tilda bo‘lgan Ronaldu dushanba kuni klub ixtiyoriga qaytishi va “Berluskoni kubogi” doirasida 31 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan “Monsa”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi kutilmoqda.

Orif Tolipov

 

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 13:42, 23.07.2021.
O'qildi: 4131 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.