Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

"Barsa" va "Real" davri tugadimi? Ayni damda ulardan qaysi klublar kuchliroq?

"Barsa" va "Real" davri tugadimi? Ayni damda ulardan qaysi klublar kuchliroq?

Baho:
+1 | -

Yaqin vaqtlargacha Yevropaning eng kuchli ikki jamoasi sifatida "Barselona" va "Real Madrid"ni ta’kidlab kelar edik. Bir chempionatning ikki grand klubi va yulduzlarga to‘la tarkiblar. Ular qaysi jamoaga qarshi maydonda harakat qilmasin favorit hisloblanardi. Bir-biriga qarshi maydonga tushishganda esa butun dunyo ikkiga bo‘linar edi. Bu jamoalarda hamon yulduz futbolchilar bor va prinsipiallik hali ham yuqori darajada, biroq ular endi Yevropaning eng kuchli klublari emas. Xo‘sh, ulardan qaysi jamoalar kuchliroq? Shunga to‘xtalib o‘tamiz.

"Manchester Siti"

Gvardiola "shaharliklar" murabbiyi bo‘lganidan beri klubda tizim butunlay o‘zgardi. Ispaniyalik mutaxassis har doim rahbariyatga o‘z talablarini o‘tkazib kelgan va o‘zi uchun qulay sharoit yaratib oladi. Har holda, bunga qodir bo‘lmagan klublarda shu paytgacha ishlamagan. Uning jamoasini biz qaysi kriteriyalar bo‘yicha ikki ispan gigantidan kuchliroq deya olamiz? Avvalombor, bu jamoada ikkita raqobatbardosh tarkib bor. Shuningdek, jamoa ko‘plab jamoalardan farqli o‘laroq ular pandemiyadan katta moliyaviy yo‘qotishlarsiz chiqa oldi. Mazkur klubda hammasi joyida. Garchi, YECHLda muvaffaqiyatsizliklar bo‘lib tursa-da, ular ko‘hna qit’ada eng kuchlilar qatorida.

"Bavariya"

Yevropada uzoq yillardan buyon o‘z darajasini saqlab kelayotgan klublardan biri aynan "Bavariya" hisoblanadi. "Real" va "Barsa"ning biroz "cho‘kishi" fonida ularni ayni vaqtda Yevropadaning eng kuchli 3 jamoasidan biri deb hisoblasak bo‘ladi. Myunxen klubi kki yil avvalgi YECHL g‘olibi va Bundesligani deyarli o‘ziniki qilib olgan. Tarkib ideal va rahbariyat ham klub uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga qodir. Shunday ekan, ularni biz "Barselona" va "Real Madrid"dan ayni dam kuchli deya olamiz.

"PSJ"

Tarkibida Neymar, Mbappe kabi katta yulduzlar bor jamoani biz uzoq vaqtdan buyon Chempionlar Ligasida favorit sifatida ko‘rayotgan edik. Ular bu turnirda bir bora finalda va o‘tgan mavsum final bo‘sag‘asida mag‘lub bo‘lishdi. Shunday bo‘lsada, jamoa hamon o‘sishni davom ettirmoqda. Donnaruma, Ramos, Veynaldumni o‘z safiga qo‘shib olgan Parij klubi, endilikda e’tiborini Pogbaga qaratgan. Yaqin 2-3 mavsumda ular ispan grandlaridan ko‘ra, ancha yorqin o‘yin ko‘rsatmoqda va bu natijalarda ham o‘z aksini topmoqda. Menimcha, keyingi mavsumlarda ham parijliklar ko‘p ishlar qila oladi. Balki, uzoq kutilgan chempionlik yaqindir. Har holda ularda bor tarkib shunchaki dahshatli ko‘rinishga ega.

"Barselona" va "Real Madrid"

Men har mavsum avvalida bu klublarda katta o‘zgarishlar bo‘lishini kutaman. "Ko‘k-anorranglilar" bu borada ilk qadamlarni tashladi, biroq baribir klub moliyaviy muammoalardan qutula olmayapti. Bunday sharoitda tekin shartnomalar bo‘yicha yaxshi yurish qildi, biroq kamchiliklarni bartaraf etish uchun ayrim katta transferlar zarur. Buing uchun esa hozirda klubda mablag‘ yo‘q. "Qirollik klubi"da esa vaziyat butunlay tushunarsiz. Ko‘plab yetakchilar klubni tark etmoqda va ularni o‘rnini bosa oladigan yulduzlar olib kelinmayapti. Mbappening Madrid klubiga o‘tishi haqida xabarlar doim yangraydi, biroq hamon bu amalga oshmadi. Hujumdagi "strayker"ini yo‘qotgan "qaymoqranglilar", endi himoya ustunlaridan ayrildi. Bilmadim, bu "Real" kelgusi mavsumda o‘z oldiga qanday maqsadlar qo‘ymoqda.

O‘tmishi shonli bu ikki klub, kelajakda yana shu darajani tiklay olar, biroq ayni vaqtda ulardan kuchli jamoalar yetarlicha topiladi.

 

                                                           Xudayqulov KARIM maqolasi

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 15:55, 30.07.2021.
O'qildi: 8897 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.