Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Viktor Jalilov: “YAngi kelganlar jamoamizni kuchaytirishdi”

Viktor Jalilov: “YAngi kelganlar jamoamizni kuchaytirishdi”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligada 13—turidan o‘rin olgan “Qo‘qon—1912” – “Navbahor” uchrashuvidan (1:2) keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz bosh murabbiyi Viktor Jalilov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Birinchi navbatda, bugungi uchrashuv tashkilotchilariga, ya’ni “Turon” jamoasi vakillariga rahmat aytmoqchiman. Ular kecha ham, bugun ham bizga ajoyib shart—sharoitlarni yaratib berishdi. Buning natijasida, bugungi o‘yin ham sifatli chiqdi, maydon ham, yoritish tizimi ham yaxshi. O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, albatta, deyarli bir oy davom etgan tanaffusdan keyin barcha jamoalarga qiyin bo‘ladi. Go‘yoki, kurash qaytadan boshlanayotgandek tuyuladi. Albatta, tarkibimizda sezilarli o‘zgarishlar kuzatildi. Bugungi o‘yin ko‘rsatdiki, safimizga qo‘shilgan yangi futbolchilar tanlovida adashmadik. Jamoamizda rotasiya qilindi. Hozirgi tarkibimiz balans ta’minlandi. Shu bois, bugun golgacha o‘yin ancha shiddatli kechdi. Biz gol urganimizdan keyin raqib jamoa ochilishni boshladi, biz esa, o‘yinni g‘alabaga olib borishga intildik. Xayriyatki, buni amalda uddaladik, har holda, qarshi hujumda hisobni oshirishni amalladik, — deydi Viktor Romanovich.

— Kosta Guttiner nega zaxiraga olindi?
— Guti katta hajmdagi ishni bajardi. U bundan avval Ukraina chempionatida to‘p tepgandi, chempionat mayda yakunlangandi, katta tanaffus qilishga majbur bo‘ldi. Safimizga qo‘shilganiga esa deyarli 20 kun bo‘ldi. Funksional tayyorgarligi ham maromida emas. Shu bois, uni almashtirishni ma’qul deb bildik.

— Azimjon Ahmedovning yarim himoyada to‘p tepishi jamoaga foyda keltiryapti. Bunday o‘zgarish fikri sizdan chiqdimi?
— Bu talab yil boshidayoq paydo bo‘lgandi, lekin Ahmedov himoya markazida o‘ynashga majbur bo‘ldi. Chunki ushbu chiziqda mahoratli futbolchi yetishmovchiligi vujudga kelgandi. Shunga qaramay, u mudofaa chizig‘ida ham o‘z vazifasini a’lo darajada uddalayotgandi. Siger kelgach, markaziy himoya bo‘yicha xavotirimiz aridi va Ahmedov o‘z o‘rniga qaytib, ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Umuman olganda, yangi taklif etilgan futbolchilar hisobiga, himoyani ham, maydon markazini ham sezilarli kuchaytirishga erishdik.

— Namanganda yana sovrinlarga loyiq jamoa tuzish mumkinmi?
— Albatta, biz aynan shuning uchun harakat qilyapmiz. Namanganda avvallari ham kuchli jamoalar tashkil etilgan. Biz ham O‘zbekiston chempionatida muvaffaqiyatlarga erishadigan, raqobatbardosh jamoa shakllantirish niyatidamiz. Agar ichki birinchilikda sovrinli o‘rinlar uchun kurasha olsak, demak, xalqaro arenalarda ham yutuqlarga erishishimiz mumkin bo‘ladi.

— Ehsoni Panshanbening zaxirada qolishi haqida nima deya olasiz?
— Ehsoni Panshanbe Tojikiston termasida 5 ta o‘yin o‘tkazganidan keyin tarkibimizga qaytdi, turli davlatlarga safarlar uyushtirdi va bu holat uni charchatgandi. Buni uning o‘zi ham ta’kidladi. Afsuski, tanaffus paytida Ehsoni jarohat orttirib oldi, shu bois, mashg‘ulotlarda ham qatnasha olmadi. Umuman olganda esa, Panshanbe asosiy tarkib futbolchisi sanaladi. U bo‘yicha taklif bo‘ldi, lekin futbolchilarimiz birinchi navbatda, “Navbahor” jamoasi kelajagi haqida o‘ylashlari kerak. Pul, transferlar keyingi masala.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:20, 01.08.2021.
O'qildi: 2208 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.