Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

“Bunyodkor-2004” Tojikistonda o‘quv-yig‘in mashg‘uloti o‘tkazdi

“Bunyodkor-2004” Tojikistonda o‘quv-yig‘in mashg‘uloti o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Rustam Zabirov murabbiyligidagi “Bunyodkor-2004” yozgi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini Tojikistonda o‘tkazdi.

Toshkent shahar U-18 Birinchiligining ikkinchi davra o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan “qaldirg‘ochlar” qo‘shni davlatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida ikkita nazorat uchrashuvida ham maydonga tushdi. Kuniga ikki mahaldan shug‘ullangan tarbiyalanuvchilarimiz asosan jismoniy yuklamalar bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazdi. Rustam Zabirov boshchiligidagi murabbiylar shtabi ertalabki mashg‘ulotlarda futbolchilarga jismoniy yuklamalar bergan bo‘lsa, tushdan so‘ng texnik-taktik tayyorgarlikka e’tibor qaratildi.

Ta’kidlaganimizdek, 10 kunlik yig‘in davomida ikkita nazorat o‘yini o‘tkazildi. Birinchi raqib Xo‘jand shahrining “Esxat” jamoasi o‘rinbosarlari bo‘ldi. Uchta gol urilgan bellashuvda Rahmat Rahimovning dubli “qaldirg‘ochlar”ning g‘alabasini ta’minladi. Ikkinchi bahsda “Istravshan” jamoasi o‘rinbosarlari bilan durang o‘ynagan tarbiyalanuvchilarimiz Tojikistondan mag‘lub bo‘lmay qaytishdi. Ikkinchi o‘yinda Nizom Farhodov gol muallifiga aylandi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 16:52, 02.08.2021.
O'qildi: 1841 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик