«Lester» o‘z himoyachisi Uesli Fofanni sotishga tayyor.
Bu haqda Get French Football News xabar bermoqda. Hozircha futbolchiga asosiy da’vogar - «Real».
«Lester» Uesli uchun 80 million yevro talab qilmoqda. Moliyaviy inqiroz sharoitida Madrid klubi yosh fransuzni sotib ololmasligi mumkin.
Oldinroq «Lester» «Real» yarim himoyachisini sotib olmoqchiligi haqida xabar bergan edik.