Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

“Metallurg” bosh murabbiyi “Surxon”ga qarshi uchrashuvda texnik zonaga qo‘yilmaydi

“Metallurg” bosh murabbiyi “Surxon”ga qarshi uchrashuvda texnik zonaga qo‘yilmaydi

Baho:
+ | -

“Metallurg” bosh murabbiyi Jasur Abduraimov Coca-Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan “Turon”ga qarshi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etmay, “2021 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ning 20.6-bandini buzgani uchun moddiy jarimaga tortilgandi. 

Jasur Abduraimov 13-turdan o‘rin olgan “Qizilqum” klubiga qarshi uchrashuvdan keyin ham matbuot anjumanida qatnashmadi va ikki qayta Reglament talablarini buzdi. Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Abduraimovning lisenziyasini navbatdagi tur uchun bekor qiladi. Ya’ni, Jasur Abduraimov 14-turdan o‘rin olgan “Surxon”ga qarshi uchrashuv vaqtida kiyim almashtirish xonasidan to‘g‘ri muxlislar sektoriga yo‘l oladi, uchrashuv komissari texnik zonaning zaxira o‘rindiqlari joylashgan qismiga Jasur Abduraimovni qo‘ymaydi. 

Shuningdek, 12-turdan keyin chiqarilgan qaror bo‘yicha “Metallurg” futbol klubi Jasur Abduraimov jarimasini to‘lab bermagunga qadar, bosh murabbiy klubning kelasi uchrashuvlarida ham texnik zonaga kiritilmaydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:29, 03.08.2021.
O'qildi: 2358 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.