Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Tokio-2020. O‘zbekistonlik sportchilarning 12-kundagi natijalari

Tokio-2020. O‘zbekistonlik sportchilarning 12-kundagi natijalari

Baho:
+ | -

Yaponiyaning Tokio shahri mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar 4 avgust kungi chiqishlarini yakunladi. Natijalar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Kanoeda eshkak eshish

Nilufar Zokirova va Dilnoza Rahmatova 200 metr masofaga kechgan bahslarning chorak finalida ishtirok etdi. Zokirova o‘z guruhida 48.995 soniya qayd etib, oltinchi o‘rinni oldi. Rahmatova esa 46.645 soniya bilan uchinchi bo‘ldi. Shu tariqa o‘zbekistonlik sportchilar yakkalik bahslarida yarim final yo‘llanmasiga ega chiqolmadi.

Erkin kurash

-86 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Javrail Shapiyev 1/8 finalda Rio—2016 Olimpiadasi g‘olibi va ikki karra jahon chempioni eronlik Hasan Yazdaga qarshi bahs yuritdi. Unda fors sportchisi g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.

G‘ulomjon Abdullayev (-57 kg) dastlabki bosqichda xitoylik Minghu Lyuni mag‘lub etgan holda chorak finalga yo‘l oldi. Yarim final uchun kechgan bahsda Abdullayev ikki karra jahon chempioni rossiyalik Zaur Uguyevga qarshi gilamga chiqdi. G‘ulomjon bahsning so‘nggi soniyalarida raqibiga ochko boy berib qo‘ydi va yarim final yo‘llanmasidan quruq qoldi.

Yakunda Yazda va Uguyev final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik kurashchilar Shapiyev va Abdullayev 5 avgust kuni bronza uchun kechadigan bahslarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Boks

Bahodir Jalolov (+91 kg) yarim finalda britaniyalik Freyzer Klarkka qarshi bahs olib bordi. Bahodir jang davomida o‘z ustunligini namoyish qildi va yakunda g‘alaba qozonib, finalga chiqdi. Finalda uni qozog‘istonlik nomdor bokschini mag‘lub etgan Richard Torresga qarshi jang kutib turibdi. Bahodir Torres bilan 2019 yilgi Jahon chempionatida to‘qnash kelgan va uni chuqur nokaut holatiga tushirib qo‘ygandi. Ular o‘rtasidagi final bahsi 8 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:15, 04.08.2021.
O'qildi: 6815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.