Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Tokio-2020. Voronina 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Tokio-2020. Voronina 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi

Baho:
+ | -

Tokio olimpiadasida yengil atletikaning yettikurash turida ishtirok etayotgan Yekaterina Voronina oltinchi yo‘nalish — nayza uloqtirish mashqini bajardi.

Hamyurtimizning 3ta urinishdan eng yaxshi natijasi 49,88 metrga teng bo‘ldi. Ma’lumot o‘rnida: Voroninaning ushbu yo‘nalishdagi shaxsiy rekordi va joriy mavsumdagi eng yaxshi natijasi 53 metrdan uzoqroqni tashkil qilayotgan edi. Ammo olimpiada o‘zining eng yaxshi natijalariga unchalik yaqin kela olmadi.

Shunga qaramay, Yekaterina nayza uloqtirishdagi mashqi uchun 858 ball to‘pladi hamda umumiy ochkolarini 5329 ballga yetkazdi. Bu orqali u birdaniga 7 pog‘ona ko‘tarilib, sportchilar orasida 12-pog‘onaga chiqib oldi.

Qayd etish joiz, musobaqa davomida peshqadamlar sarasida ketayotgan niderlandiyalik Nadin Brorsen, britaniyalik Katerin Jonson-Topson, Burkina-Faso vakilasi Marte Koala turli dasturlarda ishtirokni yakunlay olmasdan medallar uchun kurashni erta tark etishdi.

Yettikurashchilar kechki dasturda so‘nggi yo‘nalish — 800 metrga yugurish bo‘yicha musobaqada ishtirok etishadi va shunday so‘ng sovrindorlar nomi aniq bo‘ladi.

Hozircha belgiyalik Nafissatu Tiam 5912 ball bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Niderlandiyalik Anouk Vetter (5848) va AQSHlik Kendel Uilyams (5642) kuchli uchlikka kirishgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:32, 05.08.2021.
O'qildi: 2860 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик