Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Tokiо-2020. Bekzod Abdurahmonov bronza medali sohibi

Tokiо-2020. Bekzod Abdurahmonov bronza medali sohibi

Baho:
+ | -

Mahoratli erkin kurashchimiz Bekzod Abdurahmonov (-74 kg) Tokio-2020 Olimpiya
o‘yinlarining bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Kurashchimiz shohsupaga ko‘tarilish uchun
kechgan bellashuvda qozog‘istonlik raqibini mag‘lubiyatga uchratdi.

Bu bosqichda vakilmizga 2019 yilgi JCH sovrindori Daniyar Kaysanov raqiblik qildi. Bellashuv davomida tezkor harakatlari va abjirligi bilan ajralib turgan Abdurahmonov yakunda o‘z g‘alabasini tantana qilib, delegasiyamiz hisobiga yana bir medalni qo‘shib qo‘ymoqda. Shu tariqa delegasiyamiz hisobidagi medallar 2 tadan oltin va bronzani tashkil etib turibdi.

Qayd etish joiz, 2 karra JCH sovrindori, 2 karra Osiyo o‘yinlari chempioni Abdurahmonov 5 yil muqaddam Rio-2016 Olimpiadasida ushbu bosqichda imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Bugun u chiroyli g‘alabasi bilan millionlab muxlislarimizga katta quvonch ulashdi va o‘z sovrinlari orasida Olimpiada medalini ham qo‘shib qo‘ymoqda.

 

Manba: olimpic.uz
Kiritildi: 15:48, 06.08.2021.
O'qildi: 4787 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик