Kecha «Barselona» Lionel Messi bilan shartnomani uzaytirmasligini rasman e’lon qildi.
Futbolchiga davogarlar orasida "PSJ", "Manchester Siti" va "Inter Mayami" klublari bor. Parijliklar Leoni qo‘lga kiritish uchun favorit hisoblanadi va "Manchester Siti" katta ehtimol bilan argentinalik uchun kurashmaydi, chunki klub Jek Grilishni transferi uchun ko‘p pul sarfladi.
«Chelsi» Messini qo‘lga kiritish uchun kurashda. Yozda klub hujum chizig‘ini kuchaytirishni xohlamoqda. London klubining xo‘jayini Roman Abramovich o‘z agentlaridan Leoning atrofidagilar bilan zudlik bilan uchrashishni so‘radi. Abramovich argentinalikning har qanday aniq talablarini tinglashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq insayder Fabrisio Romano Messi "PSJ" bilan shartnoma imzolash masalasini jiddiy ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.