Ijtimoiy tarmoqlarda Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikfordga tegishli suv butilkasining surati keng tarqaldi. Ushbu butilkani Argentina terma jamoasi futbolchilari JCH-2026 yarim final uchrashuvidan so‘ng topib olishgan. Argentina Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, turnir finaliga yo‘l olgan edi.
Butilkaga Argentina terma jamoasi o‘yinchilarining penalti ijro etish uslublari, ular ko‘proq qaysi burchaklarga zarba berishi va darvozabon qayerga sakrashi kerakligi haqidagi batafsil «shpargalka» yopishtirilgan edi.
/i/j/s/1784191370998568590.jpg)
JCH-2026 finalida Argentina va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Uchrashuv 19 iyul, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da Nyu-Jersidagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tadi.













