Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/07 20:00 Neftchi 2-1 Buxoro
16/07 20:00 Bunyodkor 1-3 Nasaf
16/07 20:00 So‘g‘diyona 2-0 Xorazm
17/07 20:00 Navbahor 1-0 OKMK
17/07 20:00 Mash’al 0-0 Qo‘qon-1912
17/07 20:00 Paxtakor 1-0 Lokomotiv
18/07 20:00 Qizilqum - Dinamo
18/07 20:00 Andijon - Surxon

Bellingem Argentinaga qarshi bahsda Messiga nimalar deganini aytdi

Bellingem Argentinaga qarshi bahsda Messiga nimalar deganini aytdi

Baho:
+ | -

Bellingem Messi bilan yarim finaldagi bahsda nimalar bo‘lganini ochiqladi

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem 2026 yilgi jahon chempionati yarim finalida Argentinaga qarshi o‘yin (1:2) davomida Lionel Messi bilan yuz bergan bahsli vaziyat haqida fikr bildirdi.

«Messi bilan hech qanday muammo bo‘lmadi. Biz rikoshet haqida gaplashdik, aslida u yerda hech qanday yomon holat yo‘q edi. Ishonamanki, hamma o‘z ishi bilan shug‘ullanadi va oddiy vaziyatni katta mojaroga aylantirmaydi. Men uchun u yerda favqulodda hech narsa bo‘lmagan. Leoga qarshi maydonga tushish men uchun sharaf bo‘ldi», — dedi Bellingem.

Eslatib o‘tamiz, Argentina yarim finalda Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Angliya Entoni Gordonning goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, uchrashuv so‘nggida Enso Fernandes hisobni tenglashtirdi, Lautaro Martines esa 90+2-daqiqada g‘alaba golini kiritdi.

Endi Argentina jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Final bahsi 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Angliya va Fransiya esa uchinchi o‘rin uchun o‘zaro bahs olib boradi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:50, 16.07.2026.
O'qildi: 5385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик