Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Romano Maykl Olisening «Real»ga o‘tish shartini ma’lum qildi

Romano Maykl Olisening «Real»ga o‘tish shartini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Insayder Fabrisio Romano Maykl Olisening «Bavariya»dan Madridning «Real» klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Mish-mishlarga ishonilsa, fransiyalik futbolchi joriy transfer oynasidayoq Ispaniya klubiga o‘tishni istaydi. Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, transfer faqatgina Olise «Bavariya» rahbariyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib, uni «Real»ga sotishlarini so‘ragan taqdirdagina amalga oshishi mumkin, hozircha esa bunday holat yuz bermadi. Shunga qaramay, vaziyat kelasi haftadayoq o‘zgarishi mumkin. «Qirollik klubi» futbolchidan rozilik olganidan so‘ng darhol rasmiy taklif bilan chiqadi.

Maykl Olisening bozor qiymati Transfermarkt portali tomonidan 150 million yevroga baholanmoqda. 24 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 13:26, 16.07.2026.
O'qildi: 3646 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик