Hujumchi Vinisius Junior shartnomasi muddati tugaganidan keyin «Real»ni tark etishi mumkin.
Jurnalist Karlos Karpio bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda eng haqiqatga yaqin ssenariy — braziliyalik futbolchining 2027 yil yozida Madrid klubini erkin agent sifatida (tekinga) tark etishi va uning o‘rniga «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandning sotib olinishidir. Vinisius bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar hali ham oldinga siljimayapti.
Vinisius Junior 2018 yilda «Flamengo»dan 45 million yevro evaziga «Real»ga o‘tgan edi. Uning «qaymoqranglilar» bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi Madrid klubi safida barcha turnirlarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Vinisiusning transfer qiymatini 140 million yevroga baholamoqda.













