Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Tokio-2020. Badiiy gimnastikachilarimiz finalga yaqin kelishdi

Tokio-2020. Badiiy gimnastikachilarimiz finalga yaqin kelishdi

Baho:
+ | -

Badiiy gimnastika bo‘yicha guruh mashqlarida ishtirok etayotgan qizlarimiz ham Olimpiya o‘yinlarida saralash bosqichi doirasida birinchi va ikkinchi mashqlarni bajarishdi.

Yekaterina Pirojkova qo‘l ostidagi tayyorlangan qizlarimiz (Nilufar Shomurodova, Kseniya Aleksandrova, Dinara Ravshanbekova, Sevara Safoyeva, Kamola Irnazarova)dastlabki chiqishda 5 ta to‘p bilan tayyorlagan dasturlarini namoyish qilishdi. Hamyurtlarimizning chiqishi hakamlar tomonidan 42.100 ball bilan baholandi. Ilk mashqdan keyin jamoamiz 5-o‘rinni egalladi.

Biroz avval qizlarimiz yana bir dasturda o‘z chiqishlarini namoyish etdilar. Unda 3 halqa va 2 juft bulavada mashq bajarish bo‘yicha dastur hakamlar hukmiga havola etildi. Bu safar jamoamiz biroz past ball oldi — 36.900 (11-o‘rin).

Ikkita mashq uchun berilgan baholar yig‘indisi esa 79.000 ballga teng bo‘ldi. O‘zbekistonlik qizlar yakunda 9-o‘rinni egallashdi va finalga chiqish uchun ozgina ball yetmay qoldi. Jamoamiz finalda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan zaxira variantiga kiritildi. Finalga chiqqan 8ta jamoadan birortasi ishtirok eta olmay qolsa, uning o‘rniga O‘zbekiston vakillari taklif etiladi.

Badiiy gimnastika, jamoaviy
1 . Bolgariya — 47.500  (1)  + 44.300  (1)  = 91.800 (final)
2. Rossiya  — 45.750  (2) + 43.300  (3) = 89.050 (final)
3. Italiya — 44.600  (3) + 42.550  (4) = 87.150 (final)
4. Isroil  — 44.000  (4) + 40.650  (7) = 84.650 (final)
5. Xitoy  — 41.600  (6) + 42.000  (5) = 83.600 (final)
6. Ukraina  — 41.450  (7) + 41.250  (6) = 82.700 (final)
7. Yaponiya  — 40.400  (8) + 39.325  (8) = 79.725 (final)
8. Belarus  — 36.000  (12) + 43.650  (2) = 79.650 (final)
9. O‘zbekiston — 42.100  (5) + 36.900  (11) = 79.000 (zaxira)
10. Ozarboyjon — 36.700  (10) + 37.650  (10) = 74.350 (zaxira)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 09:11, 07.08.2021.
O'qildi: 6589 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик