Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/01 00:45 Inter 2-2 Napoli
12/01 21:30 Saudiya Arabistoni 0-1 Vyetnam
12/01 21:30 Iordaniya 1-0 Qirg‘iziston
12/01 22:30 Jenoa 3-0 Kalyari
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston - Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron - Livan
13/01 21:30 Yaponiya - Qatar
13/01 21:30 BAA - Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma

Lukaku “CHelsi”ga o‘tish borasida “Inter” rahbariyatiga murojaat qilgan

Lukaku “CHelsi”ga o‘tish borasida “Inter” rahbariyatiga murojaat qilgan

Baho:
+ | -

“Chelsi” rahbariyati yangi hafta boshlangunga qadar “Inter” hujumchisi Romelu Lukakuni sotib olishni yakunlashni kutmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, londonliklar belgiyalik hujumchining qaytishiga katta qiziqish bildirmoqda.

“Chelsi” Lukakuni yaqin orada jamoaga qo‘shilishiga umid qilmoqda, chunki u 13-avgustda
boshlanadigan Premyer-liganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rishi darkor.

Ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli futbolchi “neradzurrilar” rahbariyatiga London klubining taklifini qabul qilish so‘rovi bilan murojaat qilgan. Milanliklar allaqachon London klubining taklifini ikki marta rad etishgan, biroq 110-120 million yevro ularni ishontirishi mumkin.

Avvalroq, Lukaku “Chelsi” bilan yiliga 15 million yevro maosh oladigan shartnoma borasida
kelishib olgani haqida xabar berilgan edi. Bu uning “Inter”dagi maoshidan ikki baravar ko‘p.

Ma’lumot uchun, Lukaku 2011-yildan 2014-yilgacha “Chelsi”da to‘p tepgan. 2019-yildan buyon
esa “Inter” sharafini himoya qiladi. O‘tgan mavsumda hujumchi A seriya doirasida 36 ta o‘yin
o?tkazdi va 24 ta gol urib, 11 golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 11:49, 07.08.2021.
O'qildi: 2190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.