«Jenoa» o‘z rasmiy saytida «Parma» yarimhimoyachisi Ernani transferini e’lon qildi.
Genuya klubi futbolchini 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olib, ma’lum shartlar bajarilgan taqdirdagina uni sotib olish majburiyatini olgan.
Agar braziliyalik keyingi yozda «Jenoa»ning to‘laqonli futbolchisiga aylansa, uning shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.