Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

6 daqiqa ichida «xet-trik»...

6 daqiqa ichida «xet-trik»...

Baho:
+ | -

Futbol turli g‘aroyibotlarga to‘la. Qarang, MLSdek binoyi ligada o‘yinchilardan biri o‘rtacha hisobda har 2 daqiqalik tavofut bilan 3ta gol urdi. Boshqacha aytganda, atigi 6 daqiqada «xet-trik»! Chindan ham, noyob natija.

«Neshvill» - MLSning Shar­qiy konferensiyasi turnir jadvalida 5-o‘rinda borayotgan jamoa. Uning umumiy ko‘rsatkichi o‘rtachadan biroz pastroq: 13ta o‘yinda 22 ochko. «Neshvill» yaqinda «Chikago Fayr» klubini 5:1 hisobida tor-mor etdi. E’tiborli tomoni, jamoa o‘yinning 16-daqiqasiga qadar raqib darvozasini 3 bora nishonga oldi. Aniqroq aytsak, yarim himoyachi Xani Muxtor 10-16-daqiqalar oralig‘ida chikagoliklar kiperini 3 bora ojiz qoldirdi. Ayniqsa, uning 3-goli o‘ta chiroyli chiqdi - to‘p darvoza to‘siniga tegib, chiziq ichiga tushdi.

Umuman, «Neshvill» reaktiv «xet-trik» sharafiga Muxtorning barcha gollarini qayta-qayta namoyish etyapti. Videolavhalarda futbolchining golni nishonlash xursandchiligi ham bor - u har safar tribunalar oldiga yaqinlashib, salom yo‘llagan. Muxtor golni nishonlash masalasida rossiyalik Artyom Dzyubaga o‘xshaydi.

Xani Muxtor endi «Chigako Feyr» bilan o‘yinni bir umr esdan chiqarmasligi tayin. Axir u birdaniga 3ta jiddiy ko‘rsatkichga erishdi:

1. MLS tarixidagi eng tezkor «xet-trik» muallifiga aylandi.

2. «Neshvill» tarixidagi birinchi «xet-trik» muallifiga aylandi.

3. MLSdagi faoliyati davomida birinchi marta «xet-trik» qayd etdi.

Yana bir kichik ko‘rsatkich bor: Muxtor gol urgan o‘yinlarda jamoasining mag‘lubiyatga uchramaslik an’anasi davom etdi.

Xani Muxtor Berlinda tug‘ilgan. «Gerta» maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblangan yarim himoyachi hozir 26 yoshda. U professional faoliyatini aynan Berlin jamoasida boshlagan. Keyinchalik «Benfika», «Zalsburg» (ijara) va «Brondbyu» (ijara|transfer) klublarida to‘p surgan. Yakunda «Neshvill» germaniyalik futbolchi transferini 2,7 million yevroga sotib oldi. Transfermarkt portali ayni payt futbolchining transferini 6 million yevroga baholamoqda. Muxtor to‘pni har ikki oyog‘i bilan yaxshi olib yuradi va shuning hisobiga turfa xil gollar uradi. Xani joriy mavsum MLS doirasidagi o‘yinlarda «Neshvill» uchun jami 7ta gol hosil qildi. Chempionat to‘purarlari ro‘yxati peshqadamlari - Ruidias va mashhur Chicharito (Xavyer Ernandes) hisobida 10tadan gol bor. Umuman, Muxtor faoliyatidagi eng yaxshi shaxsiy natijasini Daniya chempionatida qayd etgan - «Brondbyu» safida bir mavsumda 10ta gol. Aytgancha, uning «Neshvill»ga o‘tishida «Liverpul»ning sobiq direktori Yan Eyr katta rol bajargandi.

2020 yili Muxtorning o‘zi «Neshvill»ga transferi haqida alohida to‘xtalgandi: «Klub qat’iy turdi. Bu qiziqarli voqelik samarasi: AQSHga yo‘l olishimdan 1 yil oldin daniyalik skaut klub mashg‘ulotlariga kelib, meni MLSda o‘ynashga ko‘ndirmoqchi bo‘ldi. O‘shanda darhol rad javobi berdim. Keyinroq sobiq klubdoshim aloqaga chiqdi, «Neshvill» direktori bilan gaplashdim. Shu tariqa fikrim o‘zgardi va transfer amalga oshdi».

Xani Muxtor U-19 toifasidagi Yevropa chempionati-2014da tanilgan. O‘shanda Germaniya va Portugaliya yoshlar terma jamoalari o‘rtasidagi final o‘yini (1:0) taqdirini hal qilgan yagona gol aynan Muxtor hisobiga yozilgandi. O‘sha turnirda 6ta gol bilan bosh to‘purar bo‘lgan Xanining jamoadoshi Devi Zelke hozir «Verder»da o‘ynamoqda.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:00, 08.08.2021.
O'qildi: 10529 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.