Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Baxtiyor Ashurmatov: "Bizga g‘alaba kerak edi"

Baxtiyor Ashurmatov: "Bizga g‘alaba kerak edi"

Baho:
+ | -

“Qo‘qon-1912” – “Turon”  jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida qo‘qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov  ishtirok etdi.

"Ochig‘i, oxirgi paytlardagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlarimizdan keyin bugun uyimizda o‘ynaydigan uslubimizdan voz kechishga qaror qildik. Raqib safida Bilolxon Toshmirzayev, Sunnat Abdullajonov kabi tezkor futbolchilar borligini inobatga olib, qarshi hujumlarga tushib qolmasligimiz uchun biz ham ikkinchi raqamda to‘p surishga qaror qildik.

Hujumda Norbekov va Hasanov singari tezkor futbolchilarimizning tezligidan foydalanishga harakat qildik. Sabr qilishimiz kerakligini va gol bo‘lgach, o‘yin osonroq o‘tishini ta’kidlagandim. Kutgan vaziyatimiz bo‘ldi va biz birinchi bo‘lib gol urdik. Ammo futbol xatolardan iboratki, hatto mayda xatolarni ham raqib kechirmasligi mumkin. Gol urganimizdan keyin himoya va yarim himoyani kuchaytirishga harakat qilib turgandik. Afsuski, tezkor gol o‘tkazib yubordik.

Xudoga shukr, yutqazib turgan paytimizda yana javob golini urib durangga erishdik. Bizga g‘alaba kerak edi. Ammo oxirgi uchrashuvlardagi muvaffaqiyatsizlikdan keyin bugungi durang yomon emas. Agar yana yutqazganimizda jamoa tushkunlikka tushib qolishi mumkin edi. Futbolchilarga oxirigacha kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Har bir o‘yinda mana shunday kurashishsa, ochkolarni qo‘lga kirita olamiz. “Turon” jamoasiga ham omad tilayman. Qo‘shni jamoalarning natijalariga befarq emasman. Durang adolatli natija bo‘ldi. Ikkala jamoa ham oxirigacha kurashdi", — dedi Ashurmatov.

Manba: https://t.me/FCKOKAND
Kiritildi: 05:46, 09.08.2021.
O'qildi: 1673 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик