Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Ulug‘bek Baqoyev: «Navbahor»ning o‘yini 180 darajaga o‘zgaribdi»

Ulug‘bek Baqoyev: «Navbahor»ning o‘yini 180 darajaga o‘zgaribdi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 14-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Navbahor” (1:0) uchrashuvidan keyin jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirdi.

— “Navbahor”ning o‘yini 180 darajaga o‘zgaribdi, raqib ancha ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Keskin kurashlarga boy o‘yin bo‘lishini kutgandik, shu bois, yigitlarni g‘alaba bilan tabriklayman. “Navbahor”ga esa keyingi o‘yinlarda omad yor bo‘lishini tilayman, — dedi Ulug‘bek Baqoyev.

— Ko‘rdikki, “So‘g‘diyona” goldan keyin asosan himoyada o‘ynadi. Bunga “Navbahor”ning bosimi sabab bo‘ldimi yoki bu taktik chorami?
— Bu narsa asosan futbolchilar psixologiyasi bilan bog‘liq deb o‘ylayman. To‘p o‘tkazib yuborishdan yoki boshqa narsadan cho‘chishlari mumkin. Bizning ko‘rsatmalarimizda esa tezkor pressing uyushtirib, oldinga intilish belgilangandi. Shunchaki, “Navbahor” goldan keyin ancha ishonchli o‘yin ko‘rsata boshladi, bir-ikkita qulay vaziyatga ham ega bo‘ldi, lekin ulardan foydalana olmadi. Bu futbol, unda har xil holatlar uchrab turadi.

— “Navbahor” bugun kuchli o‘yin ko‘rsatdi. Raqibdan shunday o‘yin kutganmidingiz?
— Tarkibda va murabbiylar shtabida ro‘y bergan o‘zgarishlardan xabarimiz bor, yangi kelganlarning qanday salohiyatga ega ekanligini bilamiz. Natijada, yuqorida aytganimdek, jamoa ancha ishonchli o‘yin ko‘rsatishni boshladi. O‘ylashimcha, keyingi o‘yinlarda “Navbahor” ko‘plab jamoalarning “qonini ichadi”.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:27, 09.08.2021.
O'qildi: 2034 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик