«Milan» hujumchisi Yens Petter Xauge Frankfurtning «Ayntraxt» klubiga o‘tdi.
Germaniya klubi 21 yoshli norvegiyalik futbolchini 2021/22 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Shartnoma sotib olish shartini ham o‘z ichiga oladi.
Ma’lumot uchun, «rossonerilar» tarkibida forvard 24 ta o‘yin o‘tkazdi va 5 ta gol urdi.