Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

«PSJ» darvozaboni o‘z raqamini Messiga berdi (foto+video)

«PSJ» darvozaboni o‘z raqamini Messiga berdi (foto+video)

Baho:
+ | -

«PSJ» bilan shartnoma imzolagan Messi yangi jamoasida 30-raqamli futbolkada o‘ynaydigan bo‘ldi. U 2003 yilda "Barsa"dagi faoliyatini ushbu raqamda boshlagan edi.

Fransiya chempionati reglamentiga ko‘ra, 30-raqam darvozabonlarga ajratilgan bo‘lib, qoidada quyidagicha yozilgan:

«Birinchi jamoada o‘ynaydigan futbolchilar butun mavsumga raqam olishadi. Birinchi jamoa o‘yinchilari 30tadan oshib ketmasligini kerak. Shu bois, futbolkada raqamlar 1dan 30gacha bo‘lishi mumkin. 1, 16 va 30-raqamlar faqat darvozabonlar uchun ajratilgan. Nihoyatda zaruriyat tug‘ilganda, darvozabon 40-raqamni olishi mumkin. Agar klub professional shartnoma orqali 30dan ortiq futbolchiga ega bo‘lishga zarurat tug‘ilganini asoslab bersa, maxsus komissiya raqamlar borasida istisno qilishi mumkin».

Reglament tufayli Janluidji Donnarumma o‘zining sevimli 99-raqamidan voz kechib, 50-raqamni olishga majbur bo‘ldi (darvozabonlarga tegishli boshqa raqamlar band edi).

Messi kelgunga qadar «PSJ»da 30-raqam 30 yoshli darvozabon Aleksandr Letelyega tegishli bo‘lib, u klub safida birorta ham rasmiy o‘yinda ishtirok etmagan edi. U "Pari Sen-Jermen" tarbiyalanuvchisi bo‘lsa-da, 2020 yilda «Orleana» (Liga 2) klubidan Parijga ko‘chib o‘tgan edi. U klubning Navas, Donnarumma va Serxio Rikodan keyingi to‘rtinchi darvozaboni maqomida edi.



«PSJ» Fransiya professional futbol ligasini Messi uchun istisno qilishga ko‘ndirdi. Letelye esa bunga qarshi bo‘lmadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 06:06, 11.08.2021.
O'qildi: 14138 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик