Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Futbolni oyog‘ini osmondan qilayotgan tennischi al-Xelayfiy haqida

Futbolni oyog‘ini osmondan qilayotgan tennischi al-Xelayfiy haqida

Baho:
+ | -

Yo‘q, hozir Messi haqida emas. Uni o‘ziniki qilgan shaxs, futbolni oyog‘ini osmondan qilayotgan tennischi al-Xelayfiy haqida

Messi Parijda. Bu ko‘pchilik tomonidan kutilgan voqea. Zamonaviy futbolda biror yulduz futbolchining transferi haqida gap ketsa, o‘sha gapning bir uchi albatta PSJ va uning qatarlik rahbari Nosir al-Xelayfiyga borib ulanadi. Albatta, doim rasmiy xabar ko‘rinishida emas, lekin hech qursa, mish-mish tusida Parijga ko‘chib o‘tishlar yuz berib turadi. Nega?! Boisi bugun futbol olamidagi eng katta sarmoyador(lar) aynan PSJ rahbar(lar)i bo‘lib turibdi.  

Nosir G‘anim al-Xelayfiy – 1973 yil Qatarda tug‘ilgan. Mutaxassisligi iqtisodchi bo‘lgan Nosir 1992-2004 yillar oralig‘ida Qatarning eng yaxshi tennischilaridan biri bo‘lgan. U ATP reytingida top-1000 ichiga ham kirishga muvaffaq bo‘lgan. Tennischi sifatida faoliyati yakunlangach bu sport turi bo‘yicha bir qator rasmiy lavozimlarda ishlay boshlagan al-Xelayfiy uchun shunday vaqt keldi-ki – endi unga kort torlik qila boshladi. Futbol maydonini zabt etmoqni istadi uning ko‘ngli.

2011 yil Qatar Sports Investments kompaniyasini boshqara boshlagan Nosir bu fondning asl muassisi bo‘lgan Qatar qiroli (o‘sha vaqt valiahdi) Tamam bin Hamadning ishonchli insonlaridan biridir. Vazifa – Qatar sportini ichki va tashqi miqyosda qo‘llab-quvvatlash.

Ayni o‘sha yili PSJ klubning 70 foiz aksiyasini sotib olgan QSI bu bilangina kifoyalanmadi, albatta. Yo‘l-yo‘lakay “Barselona”ga titul homiy ham bo‘ldi. (Qatar Foundation yozuvli liboslarni eslasangiz kerak). Asli futbol modeli, uslubi borasida Nosirning Katalon klubiga havasi qilishi sezilib turardi. Biroq, bu orada o‘sha tarixiy kambek sodir bo‘ldi – “Barselona” – PSJ - 6:1!

Hisobga qarang, tennisni eslatmayaptimiz sizga...

Ha! O‘shanda yuziga tortilgan tarsakining qasosi bo‘lsa shuncha bo‘lar. Nosir al-Xelayfiy dastlab Neymarni 222 million (!) yevro evaziga xarid qildi. Bu tarixni, undagi ikir-chikirlarni yaxshi bilsangiz kerak. Xayrulla Hamidov aytgandek, bu asli – “asr o‘g‘riligi” edi.

Ammo, shu bilangina to‘xtamadi bu tennischi. Yo‘q! U endi dunyo futbolining tengsiz javohiri Leo Messiga ko‘z tikkandi. Qarangki, o‘ta strateg, juda bilimli va ayyor Nosir al-Xelayfiyning qarshisida, kortning narigi tomonida raketka ushlashni eplolmaydigan Jozep Bartomeu turardi hamon... alal-oqibat u ikkinchi setni ham boy berdi – Messi Parijda. Geym. Set. Match! Yana o‘sha nuqtaga keldik, a! U Parijda.

Al-Xelayfiy asr boshida “galaktikos”ni ko‘rolmagan avlod uchun yana bir imkon bermoqda. Navas, Ramos, Markinyos, Veratti, Di Mariya, Neymar, Mbappe va janobi oliylari Messi...

Ha, aziz muxlis, bu ko‘pchilik o‘ylayotgandek intiho nuqtasi emas, aksincha bu — yangi ibtido nuqtasi.

Menimcha, albatta!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 07:00, 11.08.2021.
O'qildi: 9520 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик