Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Hafta voqeasi: Tortishuvga yarasha natija

Hafta voqeasi: Tortishuvga yarasha natija

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi Olimpiada-2020 futbol turniri guruh raundi 1-turida germaniyalik olimpiyachilarni aytarli muammosiz mahv etdi - 4:2. Bu o‘yin taqdirini «Everton» hujumchisi Risharlisonning yolg‘iz o‘zi hal qildi - dastlabki yarim soat ichida «xet-trik». Braziliyaliklar keyinchalik penalti tepish huquqini ham qo‘lga kiritishdi, ammo Kunya 11 metrli jarima zarbasidan samara chiqarolmadi. Asosiy fakt - Opta Joe ma’lumotlariga qaraganda, Risharlison Olimpiada tarixida «xet-trik» qayd etgan APLning birinchi futbolchisi bo‘ldi.

«Everton» vakili ayniqsa, 1-golni nishonlashda hammaning e’tiborini tortdi - qiziqarli syujet. Ha, Risharlison gollarini odatdagidek raqs tushish bilan nishonladi. Lekin birinchisidan keyin qo‘lini bir necha marta tomog‘i bo‘ylab «yurg‘izdi». Hujumchi shuning barobarida Braziliya terma jamoasi ramzini tishladi. Tabiiyki, ushbu lahzalar videosi yashin tezligida tarqaldi. «Tvitter» akkaunti esa, darhol Risharlisonga xos yana bir gol nishonlash sahnasini esladi. U odatda bunda kabutar yurishidan nusxa ko‘chirardi.

Umuman olganda, Risharlison 73-daqiqagacha to‘p surdi va shu pallada o‘z o‘rnini zaxira vakiliga bo‘shatib berdi. Eslatma, «Everton» hujumchisi yaqindagina Braziliya milliy jamoasi safida Amerika kubogi-2021da ham qatnashgandi.  Risharlison aynan Braziliyada tashkillashtirilgan turnirda 7 marta maydonga tushib, 1ta gol urdi va yakunda kumush medal bilan cheklandi. Futbolchi jumladan, 5ta o‘yinda jamoasining boshlang‘ich tarkibidan joy oldi.

Qarangki, hujumchi Amerika kubogidan «Everton»ga qaytish o‘rniga mamlakatning boshqa terma jamoasi bilan Yaponiya safariga chiqdi. U Olimpiadaga yo‘l olgan Braziliya termasida asosiy yulduzdir. Aslida Risharlison har 4 yillikning bosh turniridan chetda qolishi hech gap emasdi. Eslatish kerak, Olimpiadada asosan 23 yosh yoki bundan kichik futbolchilar qatnashadilar (istisno tariqasida 3 nafar katta yoshli futbolchi olish mumkin). Shuningdek, klublar o‘z futbolchilarini Olimpiadaga qo‘yib yuborishga majbur emas. Binobarin, ayni pallada yetakchi chempionatlarda yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonining so‘nggi bosqichi ketmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Amerika kubogi yakunlangach, Risharlisonning shaxsan o‘zi darhol «Everton» rahbarlariga qo‘ng‘iroq qilgan. «Kun bo‘yi klub vakillari bilan bahslashdim, bosh murabbiyga tinmay qo‘ng‘iroq qildim. Chunki Olimpiadada qatnashishim juda muhim edi, ayniqsa, JCH-2022dan oldin. Oxir-oqibat, «Everton» ruxsat berganini eshitib, quvonchdan sakradim», - deydi Risharlison.

Agar braziliyaliklar Olimpiada finaliga chiqishsa, hujumchi «Everton» safida yangi mavsumga qaratilgan tayyorgarlik jarayonida qatnashishga ulgurmaydi. Zero, Tokio-2020 tugaganidan atigi 1 hafta o‘tib, APLga start beriladi. Shu boismi, «Everton» avvaliga Risharlisonning Tokioga borishiga qarshi chiqdi. Faqat futbolchi qattiq turib oldi va jamoa ruxsat berishdan o‘zga chora topolmadi. Yakunda klubning yangi bosh murabbiyi Rafael Benites alohida bayonot orqali vaziyat yuzasidan muxlislarga alohida tushuntirish ham berdi. Ispaniyalik mutaxassisning aytishicha, Risharlisonning avgust oyida bo‘lmasligi jamoa foydasiga ishlashi ham mumkin: «U bilan gaplashdim, hozir xayolida faqat Olimpiada. Futbolchining ushbu holatini tushunish kerak. Mana, unga ruxsat berib, kayfiyatini ko‘tardik. Endi qo‘llab-quvvatganimizga yarasha, javob berishi kerak. O‘ylaymanki, Risharlison bo‘ynidagi qarzni uzishi shartligini anglab turibdi. Qisqasi, mavsum startida hujumchidan foydalanolmasmiz, ammo chempionat uzun va u keyinchalik katta ishtiyoq ko‘rsatib, yetarlicha yordam berishi mumkin». Ma’lumot uchun, Risharlison bugungi «Everton»ning yetakchilaridan biri hisoblanadi. Deylik, u mavsum-2020|2021da 34ta o‘yin o‘tkazib, 7ta gol va 3ta samarali uzatma muallifiga aylandi.

«Everton» endi ijtimoiy tarmoqlarda braziliyalikning startdagi muvaffaqiyatini nishonlamoqda. Bunga futbolchining sobiq klubi - «Fluminense» (Braziliya) ham qo‘shildi. Hattoki, FIFAning «Tvitter»dagi rasmiy sahifasida Risharlisonning qat’iyligi alohida e’tirof etildi: «U Olimpiadada o‘ynash yo‘lida iltimos qildi, tortishdi, yolvordi. Keyin shunga yarasha, debyut o‘yinining dastlabki 30 daqiqasida «xet-trik» qayd etdi. Pomboning vaqti keldi».

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 07:17, 12.08.2021.
O'qildi: 6349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.