Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Chelsi" futbolchisi A Seriya klubiga o‘tishi mumkin

"Chelsi" futbolchisi A Seriya klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

"Chelsi" himoyachisi Davide Zappakosta jamoani o‘zgartirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira xabar qilmoqda.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 29 yoshli italiyalik uchun "Atalanta" va "Fiorentina" kurashmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining o‘zi faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirmoqchi.

2020/21 yilgi mavsumda Zappakosta "Jenoa"da ijara asosida o‘ynagan. U jamoa safida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarket sayti futbolchining qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:30, 12.08.2021.
O'qildi: 2054 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.