«Lids Yunayted» futbol klubi va bosh murabbiy Marselo Byelsa 2021/2022 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati rasmiy «Tvitter»da ma’lum qildi.
«Qaror... endi imzolandi!», – deyiladi ijtimoiy tarmoqda joylashtirilgan xabarda.
Byelsa 2018 yildan buyon «Lids»ni boshqarib kelmoqda. Bu vaqt ichida jamoa 52,85% uchrashuvlarda g‘alaba qozondi. O‘tgan mavsumda klub 59 ochko to‘pladi va Angliya Premyer ligasida 9-o‘rinni egalladi.