Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Tokio-2020: Multimedalchilar bilan tanishing

Tokio-2020: Multimedalchilar bilan tanishing

Baho:
+ | -

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida bir qator atletlar turli yo‘nalishlarda 1 yoki 2 emas, hatto undan ko‘p medallarga sazovor bo‘lishdi. Ushbu maqolada ular haqida ma’lumot beramiz:

1. Kaleb Dressel (AQSH)

Amerikalik ushbu suzuvchi ayrimlar uchun afsonaviy Maykl Felpsni eslatib yubormoqda. Biroq afsonaning natijalariga yetish hali-beri hech kimga nasib etmasa kerak. Ammo Kaleb Tokioda 6 dasturda ishtirok etib, ularning 5 tasida medalga sazovor bo‘ldi. Ularning barchasi oltin medal ekanligi esa u uchun yana-da yoqimli. Kaleb Rio-2016 da 2 ta oltin medal qo‘lga kiritgan edi. Endilikda u 7 karra Olimpiya o‘yinlari chempioni deb ta’riflanadi. Shuningdek, u Tokioda 1 ta jahon va 3 ta Olimpiada rekordini ham yangiladi.

2. Emma Makkeon (Avstraliya)



Dressel eng sifatli medal jamg‘arish bo‘yicha yetakchilik qilgan bo‘lsa, Makkeon medallar soni bo‘yicha peshqadam bo‘ldi. Avstraliyalik suzuvchi o‘zi ishtirok etgan 7 dasturning barchasida shohsupaga ko‘tarildi. Ulardan 4 tasi oltin, 3 tasi bronza medali.

3. Keyli Makkioun (Avstraliya)

Yana bir avstraliyalik suzuvchi o‘z medallari bilan mamlakatining umumjamoa hisobidagi o‘rnida katta hissa qo‘shdi. 20 yoshli ushbu suzuvchi ilk Olimpiadasida 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. 100 metrga chalqancha suzish dasturida esa Olimpiya rekordini yangilashga erishdi.

4. Ushbu o‘rindan 3 tadan oltin medal qo‘lga kiritgan atletlar joy olmoqda:

An San (Koreya Respublikasi)



Koreyalik yosh mergan qiz kamondan otish bo‘yicha eng maksimal natija qayd etdi. Ushbu sportchi qatnashish mumkin bo‘lgan yakkalik, jamoaviy va aralash jamoaviy dasturlarning barchasida oltin medal sohibi bo‘ldi. 20 yoshli chempion saralash bosqichida esa Olimpiada rekordini ham yangiladi.

Liza Karrington (Yangi Zelandiya)



Baydarkachi Karrington mazkur maqolamizda to‘rtinchi o‘rinni bir o‘ziniki qilib olgan bo‘lar edi, agar uning jamoasi 500 metrga kechgan kvartet dasturida ham medal qo‘lga kiritganida. Biroq u 500 metrga kechgan yakkalik va juftlik dasturi, shuningdek, 200 metrga yakkalik bahslarida g‘alaba qozona oldi.

Eleyn Tompson-Xera (Yamayka)



Yamaykalik sprinter butun Olimpiyachilar hisobidagi multimedalchilar orasida to‘rtinchi bo‘lib turgan bo‘lsa ham, yengil atletika sporti bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda. Tompson-Xera 100 va 200 metr masofaga kechgan dasturlar, shuningdek, 100 metrdagi estafeta yo‘nalishida oltin medallarga sazovor bo‘ldi. Qolaversa, 100 metrga 10.61 soniya yugurib, yangi Olimpiada rekordini ham qayd etdi.

Keyingi o‘rinlardan 2 tadan oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritgan suzuvchilar amerikalik Keti Ledeki (AQSH) va Yufei Chjang (Xitoy), 2 ta oltin, 2 tadan kumush va bronza medalini olgan avstraliyalik suzuvchi Ariarne Titmus va boshqa atletlar joy olishgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 08:08, 13.08.2021.
O'qildi: 7264 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.