"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda
jurnalist Nikolo Skira o‘z tvitterida xabar berdi. Manbaga ko‘ra, klub futbolchi bilan shartnomani 2026-yilgacha uzaytirmoqchi. Shouning amaldagi shartnomasi 2023-yilgacha amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Shou klubdagi faoliyati davomida barcha turnirlarda 185 ta o‘yin o‘tkazdi va
uchta gol urdi. Transfermarkt 25 yoshli futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.