Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/09 00:00 Sevilya 1-0 Valensiya
12/09 17:00 Rasing 2-1 Alaves
12/09 18:00 Jenoa 1-1 Frozinone
12/09 19:00 Bornmut 2-2 Brentford
12/09 19:00 Aston Villa 1-2 Nottingem Forest
12/09 19:00 Chelsi 2-2 Xall Siti
12/09 19:00 Kristal Pelas 2-3 Ipsvich
12/09 19:00 Liverpul 0-0 Fulhem
12/09 19:15 Osasuna 0-2 Espanyol
12/09 21:00 Lasio 2-2 Milan
12/09 21:30 Atletik Bilbao 1-1 Elche
12/09 21:30 Tottenhem 0-0 Everton
12/09 23:45 Atalanta 1-2 Kalyari
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Shomurodov haqida fikr bildirdi

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Shomurodov haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Nonushta mahali "Lokomotiv" klubi murabbiylar shtabi o‘tirgan stol atrofida asosiy mavzu Eldor Shomurodov bo‘ldi.

"Ma’lum tajribaga ega murabbiy sifatida diyoringizga kelgan ilk kunlardanoq sizda yoshlar ancha iqtidorli ekanligi e’tiborimni tortgandi", – so‘zida davom etardi bosh murabbiy Sekeyra, – "Ammo ushbu iste’dodli futbolchilar “top” jamoalargacha yetib bora olmayotganiga e’tibor qaratib, balki faqat mening taassurotimda ular iqtidorliday ko‘rinayotgandir deb o‘ylagandim. Yo‘q, unday emas ekan. Adashmabman. Mana Eldor kabi oddiy bir o‘zbek o‘g‘loni Mourinyodek “top” murabbiy nazariga tushib, Yevropaning kuchli jamoalaridan biri safiga qo‘shilib ulguribdi-ki, demak, haqiqatan ham shunday: Sizda yoshlar juda iqtidorli. Asosiysi ularga to‘g‘ri yo‘nalish bera olsangiz bo‘lgani".

Tamaddi bahonasida bizni eshitib turgan yosh futbolchilarga qarab, “Ular uchun yevropalik mutaxassisning so‘zlari motivasion ta’sir qilgani va dillarida Eldordek yutuqlarga erishish orzusi o‘tgani aniq”, degan o‘y o‘tdi xayolimdan. Zero, barcha buyuk ishlar yaxshi niyatdan boshlanadi.

Abror Pirriyev
"Lokomotiv" klubi shifokori.

Manba: https://t.me/abrorpirmuhammad
Kiritildi: 20:24, 15.08.2021.
O'qildi: 8566 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик