«Arsenal» agarda Aron Remsdeylni tarkibga olib kelishni yakunlasa, u holda bir nechta futbolchilarini sotishi kerak bo‘ladi. Jurnalist Freddi Pakston so‘zlariga ko‘ra, Lukas Torreira, Meytlend-Naylz hamda Ektor Belyerinlar jamoa bilan xayrlashuvchilar qatorida turibdi.
Torreira anchadan buyon asosiy tarkibga kiritilmayotir. U «Atletiko»ga ijaraga berib yuborilgan edi. Naylz tarkibga yaxshi rotasiya varianti bo‘lishi mumkin, ammo sotilishi katta ehtimol. Belyerin esa o‘z xohishini allaqachon rahbariyatga aytib bo‘lgan va u ketadi.