Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza 1-2 Lechche
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Dinamo - Mash’al
02/05 19:00 Buxoro - So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid

«MYU». APL chempionligi uchun dastlabki qadam

«MYU». APL chempionligi uchun dastlabki qadam

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi mavsumning ilk o‘yinidagi yirik g‘alabasi bilan APL tituli uchun kurashga tayyor ekanligini kutilganidan ertaroq namoyish etdi. Shunday bo‘lsa ham Ole-Gunnar Sulsher jamoasi o‘z favoritligini isbotlash uchun turnir jadvalida barchadan odimlab ketishi talab etiladi. Klubning dastlabki ko‘rsatgan o‘yinidan xulosalar yasashga qiynalmasak ham, bu o‘ta erta hukm chiqarish bo‘ladi. Lekin shuni ham yodda tutish kerakki, «Manchester Yunayted» klubi «Lids»ga qarshi o‘yinda to‘liq kuchidan foydalanmadi. Buni bir necha asosiy futbolchilar tarkibdan tushib qolganida ham ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, Jeydon Sancho hamda Rafael Varan zahirada o‘tirib o‘yinni kuzatishdi. Markus Reshford hamda Edinson Kavani ham qaydnomaga kiritilmagan edi. Yana bir hujumchi Entoni Marsial esa zahiradan o‘yinga qo‘shildi.

Futbol ommasi, xususan klub muxlislari nazdida tarkibning asosiy futbolchilari bo‘lgan Bruno Fernandesh hamda Pol Pogbalar to‘liq jismoniy formasini tiklab olishi bilan «Manchester Yunayted»ning turnir jadvalidagi o‘rni yuqorilashi tahmin qilingan. Ammo jamoa 2013 yildan keyin ilk marta chempionlik poygasiga kirganligini isbotlash uchun jadvalda iloji boricha ko‘proq ochko yig‘ishi talab etiladi. Negaki, hozirdan to oktabr oyigacha bo‘lgan muddat raqobatda yutib ketish uchun juda oson bo‘lgan paytdir. Avgust oyi yakunlanishidan ilgari klub «Sautgempton» hamda «Vulverxempton» bilan to‘qnash keladi. Ushbu ikki klub ilk turda mag‘lub bo‘lganlar qatorida edi. Qolaversa, ular asosan mavsumni turnir jadvalining ikkinchi qismida yakunlaydi. Chempionlik uchun da’vogar klub ushbu ikkita bahsdan maksimum ochko jamg‘arishi talab etiladi.

Sentyabr oyidagi xalqaro tanaffuslardan keyin «MYU» liganing ilk bahsini «Nyukasl»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. So‘ng, «Vest Xem»ga qarshi London safari boshlanadi. «Qizil iblislar» bilan to‘qnashuv shubhasiz «Bolg‘achilar» uchun jiddiy sinovdir. Negaki, londonliklar o‘sha payt Yevropa Ligasining ilk o‘yindan qaytgan, qolaversa oldingidek tarkibda Jessi Lingard kabi futbolchi mavjud bo‘lmaydi. Mana shu uncha qiyin bo‘lmagan sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tish, mankunyanliklarni ishini jadallashtiradi. Klub sentyabrning o‘z uyidagi ilk bahsida «Aston Villa»ni mehmon qilishi ko‘zda tutilgan. Chaqilmas yong‘oq kabi bo‘lgan birmingemliklar tabiiyki, oson yengilishni istashmaydi. Oktabrning birinchi to‘qnashuvi klub uchun «Everton» bilan uy o‘yini hisoblanadi. Bu uchrashuvda Sulsher jamoasida Liverpul shahri klubidan avgust oyi avvalida o‘rtoqlik o‘yinidagi mag‘lubiyat uchun o‘ch olish imkon mavjud bo‘ladi.

Umuman olganda, jamoa shu paytgacha yuqorida sanab o‘tilgan turlarning hech birida jiddiy raqib bilan to‘qnash kelmadi. «MYU» uchun jiddiy sinov, oktabr oyidagi xalqaro tanaffusdan qaytilgan paytda boshlanadi. Ularni yettinchi turda «King Power» stadionida «Lester»ga qarshi bahs kutib turadi. Jamoa «tulkilar» makonidan omon chiqa olsa, buyog‘i haqiqiy eksterimal to‘qnashuvlarga boy kechadi. «Liverpul», «Manchester Siti» va «Tottenxem»ga qarshi ketma-ket o‘yinlarda Sulsher jamoasining haqiqiy matonati sinovdan o‘tkaziladi deyish mumkin. Bir nechta qiyin o‘yinlarni oldinma-ketin kelishi, klub uchun katta bosim beradi. Shu sabab, klub mana shu Angliyaning elit esheloni chegarasiga yetib kelgunga qadar maksimal darajada, har bir turda g‘alaba qozonishi kerak. Shunda ular o‘zi uchun ehtimoliy mag‘lubiyatga uchralgan taqdirda ham sug‘urtaviy ishonchni yarata oladi. Xulosa qilib ayganda «MYU» uchun jiddiy imtihon oktabr oyidan keyin boshlanadi. Ungacha o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmaslik esa, chempionlik poygasidan tushib qolish xavfini ikki barobar oshirib yuboradi. Bu esa futbol hamjamiyati tomonidan APL toji uchun asosiy figura sifatida ko‘rilayotgan klub uchun to‘g‘ri kelmaydi. Harxolda, moliyaviy inqiroz sharoitida ham katta harajatlar bekorga qilinayotgani yo‘q.


Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:18, 19.08.2021.
O'qildi: 8003 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик