Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Vadim Abramov: «Shomurodovni «Real» va «Barselona» kabi eng kuchli jamoalarda ham ko‘rishimiz mumkin»

Vadim Abramov: «Shomurodovni «Real» va «Barselona» kabi eng kuchli jamoalarda ham ko‘rishimiz mumkin»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov yozgi transfer paytida «Jenoa»dan «Roma»ga o‘tgan Eldor Shomurodov haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Shomurodovning «Roma»ga o‘tgani meni hayron qoldirmadi. Ayniqsa, uning «Jenoa» safida urgan gollarini inobatga olgandi. Men terma jamoa murabbiyi sifatida genuyaliklar o‘yinini kuzatib bordim va hayron bo‘ldim. "Jenoa"ni bunchalik kuchsiz jamoa deb o‘ylamagandim. Eldor esa o‘zini ko‘rsata oldi. Bu qiyin bo‘ldi. U yuqori iqtidor egasi. Har kim ham «Jenoa» tarkibida o‘zini ko‘rsata olmaydi.

Hujumchi esa sheriklariga bog‘liq o‘yinchi. U yerda jamoa hujumchini zarbavor vaziyatga chiqara oladigan futbolchi yo‘q ejdi. Shunga qaramay, Eldor yetarlicha gol urdi. «Roma»da esa gol urish oson bo‘ladi. Agar Ronaldu «Jenoa»ga o‘tsa, «Yuventus»dagi natijasini takrorlay olmaydi.

"Roma" safidagi dastlabki 2ta o‘yinda urilgan 2ta gol Mourinyoda yaxshi taassurot qoldirgan bo‘lishi kerak. Lekin gol urganiga qaramay, keyinchalik asosiy tarkibdan o‘rin olmaslik mumkin. Jeko yoki Jiruga moslashish uchun vaqt berilishi mumkin, ammo Mourinyo Eldordan darhol natija kutadi. Bunday raqobatda yengib chiqish Eldorning o‘ziga bog‘liq. Buning uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Nazarimda, Shomurodov "Roma"dan ham kuchliroq jamoada o‘ynab keta oladi. Eldor hech kimdan kam emas. Unga golli vaziyat yaratib beradigan sheriklari borasida omadi chopsa, u o‘zini ko‘rsata oladi. Biz Shomurodovni «Real» va «Barselona» kabi eng kuchli jamoalarda ham ko‘rishimiz mumkin. Hozir bu fantastika bo‘lib ko‘rinishi mumkin, ammo u amalga oshirsa bo‘ladigan ish», — dedi Abramov «VseProSport»ga bergan intervyusida.

Kiritildi: 23:20, 19.08.2021.
O'qildi: 5903 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.