Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
17/03 22:45 Sporting 5-0 Bude-Glimt
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK
18/03 22:45 Barselona - Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo

Prevyu. “Bunyodkor” – “Navbahor”

Prevyu. “Bunyodkor” – “Navbahor”

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Coca Cola O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” Toshkentning “Bunyodkor” klubiga qarshi maydonga tushadi.

“Bunyodkor” futbol klubi tarixan qisqa vaqt ichida havaskorlik jamoasidan O‘zbekiston chempioni, mamlakat kubogi sohibi va qit’a Chempionlar Ligasi yarim finalchisigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.

2005 yilda Toshkent viloyati chempionatida (2-liga) “Quruvchi” nomi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etgan jamoa, oxir-oqibat O‘zbekiston birinchi ligasiga chiqdi. 2006 yilda “Quruvchi” birinchi g‘olib chiqdi va oliy liga yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

2007 yil mavsumi “Quruvchi” uchun oliy ligada debyut davri bo‘lishiga qaramay, jamoa O‘zbekiston chempionatlari tarixida birinchi marta kumush medalni qo‘lga kiritish bilan birga, O‘zbekiston kubogi finalchisiga aylandi. “Quruvchi” hujumchisi Ilhom Mo‘minjonov esa raqiblar darvozasiga 21 ta to‘p kiritgan holda, milliy chempionatimiz to‘purariga aylandi. 2008 yilda jamoa nomi “Bunyodkor”ga o‘zgartirildi.

Umuman olganda, 2007 yildan buyon Superliga (oliy liga)da ishtirok etayotgan “qaldirg‘ochlar” shu kungacha 5 marta mamlakat chempionligi (2008-2011 yillar, 2013), 3 marta kumush (2007, 2012, 2016) va 1 marta bronza (2019) medallarini qo‘lga kiritishgan.

“Bunyodkor” 4 karra O‘zbekiston kubogi (2008, 2010, 2012-2013) va 1 karra superkubok sohibi (2014).

Qizig‘i, “Bunyodkor” va “Navbahor” jamoalari O‘zbekiston kubogi bahslarida shu kungacha hali to‘qnash kelishmagan hamda bo‘lajak uchrashuv mazkur musobaqaning ilk to‘qnashuvi sifatida tarixdan joy oladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kubogining 1/8 finalidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Navbahor” o‘yini 20 avgust kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:00, 20.08.2021.
O'qildi: 1867 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.