Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Paulo Dibala: argentinalik faoliyatida yangi tong otishi

Paulo Dibala: argentinalik faoliyatida yangi tong otishi

Baho:
+ | -

«Yunventus»ning yangi mavsumdagi ilk o‘yinida «Udineziya» maydoniga safari unchalik ham omadli bo‘lmadi. Natija klub muxlislarini bir qadar xafa bo‘lishiga olib keldi. O‘yin 2-2 hisobidagi jangovor durang bilan yakun topdi. Garchand na jamoa ixlosmandlari va na murabbiylarni natijadan ko‘ngli to‘lmagan bo‘lsada, bu o‘yinda bir futbolchi o‘zining ajoyib harakatlari va yuqori darajadagi o‘yini bilan yodda qoldi. So‘nggi vaqtlarda ushbu futbolchi haqida bunday iliq so‘zlarni aytish ancha mushkul edi.

 

Paulo Dibala 2015 yilda juda katta umidlar va o‘zidagi tuganmas g‘ayratlar bilan Turinga qadam ranjida etgan edi. Biroq 2019 yilda Maks Allegrining jamoadan ketishi bilan argentinalik hujumchi o‘yinida ham o‘ta pasayish, ishonchsizlik va beqarorlik sezila boshladi. U ancha vaqt jamoadan uzilib qoldi. Qolaversa, Dibalani uzoq davom etgan jarohatlar ham qiynab qo‘ygan edi. Argentinalik hujumchi bu sinovlarni yengib, vanihoyat 2020-2021 yilgi mavsumda safga qaytdi va 24 ta liga uchrashuvida maydonga tushurildi. Futbolchi mavsum davomida atigi 4 ta gol va 3 ta assist ijro eta oldi, xolos. Ustaga-ustak, «Yuve» bu mavsumni so‘nggi o‘n yillikdagi eng yomon natija bilan yakunladi. Jamoa chempionlikni «Inter»ga topshirgan edi. Yangi mavsumdan Allegrini jamoaga qaytishesa argentinalik hujumchi taqdirida katta burilish yasashi mumkin. Albatta yaxshi tarafga. Negaki aynan Allegri 27 yoshli futbolchini bir paytlar «Palermo»dan olib kelinishiga bosh-qosh bo‘lgandi. Endilikda, «Keksa Sinyora»da u uchun yangi sahifa ochilishi mumkin. Kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Dibala asosiy tarkibda jamoa sardori sifatida harakat qildi. U ushbu bahsda chayir, aqlli, raqiblarga nisbatan aggresiv hamda o‘ta o‘ylangan harakatlar egasi ekanini ko‘rsatdi. Futbolchi chap qanotdagi harakatlari davomida Allegri nima uchun uni asosiy tarkibda tushirganiga javob berishga erishdi.

 

Dibala maydonda o‘zini ko‘rsatish uchun unchalik ham ko‘p vaqt sarflamadi. O‘yin boshlangandan uch daqiqa o‘tar-o‘tmas, o‘zining tabiiy futbolchilik salohiyatini namoyish etdi va raqib jarima maydonchasi ichiga tezlik bilan kirib keldi. U Rodrigo Bentankurning qulay uzatmasidan keyin darvozaning uzoq burchagini bexato nishonga oldi. U erta hisob ochuvchi golga mualliflik qildi. Ushbu gol barchaga ishonchga to‘la futbolchi qanday bo‘lishi, argentinaliklar uslubi hamda Allegri ishongan o‘yinchi qaytayotganini namoyish qilgan edi. Bu voqeadan yigirma daqiqa o‘tib, Dibala yana katta sahnada paydo bo‘ldi. «Yuventus» himoyachilari raqib pressingi ta’siridan muvaffaqiyatli chiqib, argentinalik orqali hujum shakklanadi. Paulo «Keksa Sinyora»ning qarshi hujumida markaziy rolni o‘ynadi va maydon bo‘ylab Xuan Kuadrado tomon mohirona kross ijro etdi. Buning natijasida kolumbiyalik futbolchi yaxshi vaziyat hosil qildi va hujumni omadli yakunladi.

 

O‘yin maydonida yuz bergan yuqoridagi ikkita vaziyat Paulo Dibala haqida barchasini ko‘rsatib beradi. U xuddi Lionel Messining «Barselona»dagi so‘nggi bir nechta mavsumidagi kabi jamoasining hujumlarida markaziy ahamiyatga ega bo‘ldi. Vaziyatlar yaratuvchisi va orkestori sifatida taassurot qoldirdi. Garchand o‘yinning so‘nggidagi natija qoniqarsiz hamda jamoa muxlislari g‘azabiga sabab bo‘lgan bo‘lsa ham, Dibala tomonidan amalga oshiriligan eng yaxshi namoyish sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi. Biz bunda Jahon darajasidagi futbolchining qayta kashf etilganini guvohi bo‘ldik. U aslan qanday ekani, ichida futbolchi sifatida kim borligini namoyish etib berdi. Dibalaning potensiali bir necha yildan beri to‘liq ko‘rinmay qolgan bo‘lishi mumkindir, ammo shubha yo‘qki, Maks Allegrining «Allianz Stadium»ga qaytishi argentinalik faoliyatida yangi tong otayotganidan darak beradi. Harxolda, futbol muxlisi sifatida biz bunday bo‘lishidan umidvor va manfaatdormiz.

 


Ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: 90min.com
Kiritildi: 21:18, 23.08.2021.
O'qildi: 3176 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.