Shu kunlarda velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda.
Mashg‘ulotlarni terma jamoamizda faoliyat boshlagan amerikalik murabbiy Gleb Groysman o‘tkazyapti.
8 avgust kuni boshlangan ushbu yig‘in 31 avgustga qadar davom etadi. Unda sportchilarimizning jismoniy tayyorgarligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Yig‘inga 24 nafar sportchi jalb qilingan.













