Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Piter Xyuistra: «Bugun g‘alabaga to‘liq haqli edik va jamoa juda yaxshi o‘ynadi»

Piter Xyuistra: «Bugun g‘alabaga to‘liq haqli edik va jamoa juda yaxshi o‘ynadi»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi AGMK bilan bahsdan keyin o‘yin xususida fikrlarini bildirdi.

- Bugun oldingi o‘yinlarga nisbatan yaxshiroq to‘p tepdik. Kuchli raqibga qarshi futbolchilar o‘zlarini ko‘rsata olishdi. Katta ishtiyoq ko‘rsatishdi. Ular yana harakatlariga qo‘sha olishadi. Mazkur g‘alaba chempionlik sari qo‘yilgan katta qadam hisoblanadi.

Futbolchilar kuchli raqibga o‘zlarini ko‘rsatish uchun ham boshqacha ishtiyoq bilan to‘p tepishadi. Bu ko‘proq ruhiy tomonga bog‘liq. Yaxshi saviyadagi futbolchilar doim bunday raqiblar bilan bahslarda harakatlarini kuchaytirishadi.

Futbolda bitta golga ham, to‘rtta golga ham uch ochko beriladi. Hozirga kelib biz eng yaqin ta’qibchimizni 14 ochkoga ortda qoldirdik. Har doim ham bir xil o‘ynashning iloji yo‘q. Futbolchilar ham inson. Yuqoriga ko‘tarilish yoki pasayish bo‘ladigan holat. Muxlislarning yo‘qligi ham futbolga ta’sir qiladi. O‘yinchilar boshqacha to‘p tepadi. Tez orada kasallik kamayishini, ishqibozlar stadionlarga qaytishlarini istayman.

A’zamov eng yaxshi ko‘rgan futbolchilarimdan biri. Bizning o‘yin falsafamizga to‘liq mos tushadi. Juda ko‘p himoyachilar to‘pni oldinga tepib yuboradi. Sherzod esa aql bilan qaror chiqaradi. Pozision hujumlarni yaxshi boshlay oladi. U bitta xato qilsa ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymaydi. Endi har bir murabbiyning o‘z qarashlari bor. Balki Srechko Katanes terma jamoaga chaqirar. U ikki bor o‘yinimizni, mashg‘ulotlarimizni kuzatdi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 07:00, 27.08.2021.
O'qildi: 1684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик