Londonning «Chelsi» klubi vingeri Pedru Netu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Portugaliyalik futbolchining xizmatlariga «Al-Xilol» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
OAV xabarlariga ko‘ra, Netuning ketishi ehtimoli fonida «Chelsi»ga «Milan» hujumchisi Rafael Leau nomzodi taklif etilgan.
Oldinroq Leau «Milan»ni tark etmoqchi ekanini e’lon qilgan edi. Portugaliyalik vingerga Turkiya klublari, shuningdek «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Roma», «Bavariya», «Barselona» va Saudiya Arabistoni jamoalari tomonidan qiziqish bildirilmoqda.













