Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

APL. Ertaga "Manchester Siti" Artetaning «Arsenal»ini qabul qiladi (prevyu)

APL. Ertaga "Manchester Siti" Artetaning «Arsenal»ini qabul qiladi (prevyu)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-Ligasi 3-tur markaziy uchrashuvi «Etihad» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mezbon "Manchester Siti" jamoasi joriy mavsum APLni 2 mag‘lubiyat bilan boshlagan «Arsenal» klubi qabul qiladi.

Shu o‘yinga aloqador qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz.

«Arsenal» APL doirasidagi "Mancheser Siti"ga qarshi uchrashuvlarning oxirgi sakkiztasida mag‘lubiyatga uchragan. Londonliklar o‘z tarixida bitta jamoaga ketma-ket eng ko‘p yutqazish bo‘yicha «Lids» bilan bo‘lgan voqeani takrorladi (1973-1976 oralig‘ida).

«Siti» so‘nggi Premyer-Liga o‘yinini yitik 5:0 hisobidagi g‘alaba bilan yakunladi.

Musobaqa tarixida, faqatgina «Siti» (2017 yilning oktyabr oyida) va «Chelsi» (2010 yilning avgustida) ketma-ket 3 uy o‘yinida 5 yoki undan ko‘proq gol bilan g‘alaba qozona olishgan.

Rahim Sterling APLdagi «Arsenal»ga qarshi oxirgi 6 uchrashuvda 7 golli vaziyatda qatnashgan (5 gol, 2 assist).

Bahs rasmiylari

Bosh hakam: Martin Atkinson

Qanot hakamlar: Li Bitts, Richard Vest

Zaxira hakami: Endi Medli

VAR: Darren England

VAR yordamchisi: Piter Kirkap

Taxminiy tarkiblar

Manchester Siti — Ederson, Uoker, Stouns, Laport, Kanselu, Rodri, Gyundogan, Bernardu, Mahrez, Sterling, Grilish

Arsenal — Leno, Chembers, Uayt, Holding, Tirni, Lokonga, Jaka, Saka, Edegor, Rou, Obameyang.


Yo‘qotishlar

"Manchester Siti" safida hujumkor yarim himoyachi Fil Foden jarohati bois uchrashuvda qatnasha olmaydi. Kevin de Bryuyne ham shikastlangan va uning maydonga tushishi so‘roq ostida.

«Arsenal»da esa yo‘qotishlar talaygina. Tomas Parti, Eddi Nketiya, Gabriyel Magalyasesh, Ektor Bellerin singari o‘yinchilar jarohat olishgan. Villian va Aleks Runarssonlar boshqa sabablarga ko‘ra ishtirok etishmaydi.

Raqamlar

"Manchester Siti" barcha musobaqalarda «Arsenal»ga qarshi oxirgi 11 o‘yinning to‘qqiztasida ham birinchi bo‘lim, ham to‘liq o‘yinda g‘alaba qozongan.

"Manchester Siti" barcha musobaqalarda «Arsenal» bilan so‘nggi 11 bahsning o‘ntasida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan.

"Manchester Siti"ning maydonida o‘tkazilgan oxirgi 9 APL o‘yinining sakkiztasida o‘rtacha 2,5 tadan ortiq gol kiritilgan.

«Arsenal»ning oxirgi 3 APL o‘yinida o‘rtacha 2,5 tadan ortiq gol urilgan.

Jamoalar APL doirasida o‘zaro 48 bor to‘qnash kelishgan. Ulardan 23 tasida londonliklar g‘alaba qozonishgan, 15 o‘yinda mag‘lubiyatga uchrashgan va 10 bahsda durang natija qayd etilgan.

Klublarning o‘zaro o‘yini joriy yilning 21 fevral kuni «Arsenal» maydonida bo‘lib o‘tgan hamda Rahim Sterlingning 2-daqiqada kiritgan goli «shaharliklar»ga uch ochkoni taqdim etgan.

Ayni vaqtda Premyer-Ligada 2-turdan keyin "Manchester Siti" 3 ochko bilan to‘qqizinchi, «Arsenal» esa 0 ochko bilan o‘n to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.


Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti" - «Arsenal» bahsi ertaga, 28 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 16:30da boshlanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 16:30, 27.08.2021.
O'qildi: 2875 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.