Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas 2-2 Betis
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe

Abramovich effekti: Qanday qilib «Chelsi» top klubga aylandi?

Abramovich effekti: Qanday qilib «Chelsi» top klubga aylandi?

Baho:
+ | -

Katta futbolda so‘nggi vaqtlarda pul hamma narsani hal qilmoqda. Bugungi maqolada pul asosiy jihat bo‘lib gavdalanadi.

«Chelsi» Roman Abramovich davrida birinchi marta UYEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi va rossiyalik milliarder klubni sotib olganidan buyon bu 21-sovrin bo‘ldi. Ushbu maqolada so‘nggi 18 yil ichida Angliyaning eng muvaffaqiyatli klubining moliyaviy modeli haqida so‘z yuritamiz.

Angliyaning «Chelsi» klubi 11 avgust kuni Ispaniyaning «Vilyarreal» klubini mag‘lub etdi. Klub tarixda ikkinchi marta va 1998 yildan buyon birinchi marta UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdi. Bu kubok 2003 yilda rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich klubni sotib olganidan buyon londonliklar uchun 21-kubokka aylandi. Bu vaqt mobaynida «Chelsi» Angliya Premyer ligasida 5 marta, Chempionlar Ligasida esa 2 marta – boshqa ingliz klublariga qaraganda ko‘proq g‘alaba qozondi.

Rossiyalik milliarder kelishidan oldin, «Chelsi» Angliya chempionatining o‘rtameyona klubi edi. Abramovich davridan oldingi londonliklar hisobida bitta chempionlik (1954/55), uchta Angliya kubogi (1970, 1997, 2000), ikkita futbol ligasi kubogi (1995, 1998) va mamlakat superkubogi (1955, 2000) bo‘lgan. Xalqaro miqyosda klub ikki marta Kubok egalari kubogini (1971, 1998) va UEFA Superkubogini (1998) yutgan.

2003 yilda Abramovich «Chelsi»ni 140 millionga sotib oldi. Birinchi mavsumda, Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, klub transferlar uchun 169,7 million yevro sarflab, bu ko‘rsatkich bo‘yicha 115 million yevrolik rekordni yangiladi. Bir necha oy oldin klub muxlislari buni orzu ham qila olmasdi. Natijada, dastlabki uch yilda londonliklar ikki marta Angliya chempioni bo‘lishdi.

Iqtisodiy o‘sish

«Chelsi»ning operasion foydasi birinchi yilda 62%ga oshdi. Barqaror uzoq muddatli yuqori trayektoriya kuzatildi, bu 2018/19 yilgi mavsumda rekord darajadagi operasion daromad keltirdi – 513 million yevro 2003/04 yilgi mavsumga nisbatan 282%ga oshdi. Bu o‘sish teleko‘rsatuvlar daromadining o‘sishi va reklama daromadlarining o‘sishi bilan bog‘liq.
Daromad o‘sishining yana bir asosiy omillaridan biri Angliya Premyer ligasi telekanallariga bo‘lgan talabning keskin o‘sishi.

Reklama daromadlarining o‘sishiga esa klubning yutuqlari ta’sir ko‘rsatdi. 2004 yildan 2019 yilgacha sport yutuqlari tufayli klubning tijorat daromadi 366 foizga o‘sdi.

«Chelsi» shuningdek, turli qit’alardan muxlislarni jalb qilish uchun tez-tez mavsum oldidan gastrol safarlarini uyushtiradi. Bu sa’y-harakatlar Nike bilan 69 million yevrolik shartnoma va uch telekommunikasiya kompaniyasi bilan yiliga 46 million yevrolik homiylik shartnomasini olib keldi – ikkalasi ham o‘z toifalari bo‘yicha eng daromadli bitimlar.

O‘yin ko‘rsatkichlari va daromadlarning yaxshilanishi yangi imkoniyatlar va jamoaga sarmoya kiritishning davom etishiga olib keldi. Natijada, «Chelsi» xodimlarining xarajatlari 2011/12 yildan buyon 60% ga oshdi. Klubning 2014 yildan buyon ijrochi direktori Marina Granovskaya «Chelsi»dagi maoshlar uchun javobgardir va ularga xarajatlarni daromadning 70 foizidan past darajada ushlab turadi.

Ammo istisnolar bor, masalan, 2015/16 yilgi mavsumda Joze Mourinyo va uning murabbiylar shtabidan ishdan bo‘shatilganidan keyin kompensasiya to‘lash uchun 11 million yevro sarflangan.

Noyob qarz

«Chelsi»ning moliyaviy jihatlarining o‘ziga xos tomoni – uning 1,4 milliard yevrolik ichki qarzidir. Bir tomondan, Abramovich tuzilmalari uchun qarz yuki katta; Boshqa tomondan, «Chelsi» ning moliyaviy qarzi bor. Bu tartib ularga o‘tgan yili pandemiya paytida ham, raqobatchilarning ko‘pchiligi pulni tejashga majbur bo‘lgan paytda, transfer bozorining faol ishtirokchisi bo‘lishiga imkon berdi.

Abramovich boshqaruvidagi «Chelsi»ning rivojlanishi KPMG Football Benchmark'da ko‘rsatiladi, u Londonliklarni eng qimmat klublar qatoriga qo‘shib qo‘ydi. Baholash 2019 yil yanvar oyida eng yuqori cho‘qqi – 2,2 milliard yevroni tashkil etdi, bu 2016 yilga nisbatan 53% ga ko‘pdir. 2021 yilgi reytingda klub pandemiya oqibatida 1,9 milliard yevroga baholangan holda yettinchi o‘rinni egalladi.

Transfer bozorining eng yirik o‘yinchisi

«Chelsi» – Angliyaning transfer bozoridagi eng yirik o‘yinchisi. Abramovich kelganidan buyon klub yangi futbolchilar uchun 2,22 milliard yevro sarfladi – bu Premyer liganing boshqa klublariga qaraganda ko‘proq. Klubning rekord shartnomalari Romelu Lukakau 115 mln, Kay Havers va Kepa Arrisabalaga esa 80 million yevroga sotib olingan.
«Chelsi», shuningdek, 2003/04 yildan buyon futbolchilarini transfer qilib 1,17 milliard yevro ishlab topgan.
Transferlardan tushgan 1,17 milliard yevrodan taxminan 800 million yevrosi 2014 yildan keyingi davrga tog‘ri keladi. Marina Granovskaya kelgandan keyingi o‘zgarishlar. Granovskaya klubda Abramovichdan keyingi ikkinchi shaxs hisoblanadi.

Uning qilgan ishlariga misol qilib, shartnomasi tugashiga bir yil qolgan Eden Azarni «Real»ga 100 million yevroga sotganini ko‘rsatish mumkin.

«Chelsi» jamoasi hozirda deyarli 1 milliard yevroga baholanmoqda, bu esa 2011 yildagi 422 million yevrodan ancha yuqori. Eng qimmatbaho futbolchilar – Romelu Lukaka, Kay Havers va Timo Verner, shuningdek, Meyson Maunt. Bularning barchasi klubning futbolchilarni sotib olish va yoshlarga sarmoya kiritish qobiliyatini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Muxlislar bazasining o‘sishi

«Chelsi»ning mashhurligini ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni ham yaxshi ko‘rsatib turibdi. Bu klub «Manchester Yunayted» dan keyin ikkinchi eng mashhur ingliz klubi va 111 million obunachisi bilan dunyodagi eng mashhur beshinchi klub. So‘nggi ikki yil ichida ijtimoiy tarmoqlardagi muxlislar soni 30 foizga oshdi. Katta oqim Tik Tok platformasi bilan bog‘liq, u yerda «Chelsi»ning 4,1 million obunachisi bor bor, shuningdek, Instagram obunachilari 57% o‘sishi kuzatildi. Klub, shuningdek, Xitoyning eng yirik ijtimoiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan Weibo'ga obuna bo‘ldi, bu ikki yil ichida o‘z obunachilarini qariyb ikki barobarga ko‘paytirdi – 5,4 milliondan 10 milliongacha.

Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 09:02, 28.08.2021.
O'qildi: 3768 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.