Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Mbappe va uning atrofidagi voqealar

Mbappe va uning atrofidagi voqealar

Baho:
+1 | -

Ushbu yozgi transferlar oynasida Kilian Mbappe ko‘p bor tilga olinmoqda.

Gap shundaki, fransiyalik iqtidor sohibi PSJ klubining shartnomani uzaytirishdan bosh tortgani va «Real»da oldindan o‘ynash maqsadi borligini ma’lum qilganidan keyin vaziyat butunlay o‘zgarib ketdi.

Kilian ayni vaqtda «Real»ga o‘tishni istamoqda va Parij klubining takliflarini rad etib kelmoqda. O‘z navbatida madridliklar 22 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun dastlab 160 keyinchalik esa 170 mln yevrolik rasmiy takliflarni yuborishdi. Har ikkala vaziyatda ham PSJ rahbariyati rad javobini berdi va uni 200 mln yevrodan kamiga sotmasligini ma’lum qildi.

Aslida ushbu narx ham kelasi yili erkin agentga aylanadigan futbolchi uchun juda ham yaxshi taklif edi, ammo buni Parij klubi rahbarlari tan olgisi kelmayapti. Natijada, ular endilikda shuncha puldan quruq qolishlari mumkin. Sababi, «Real» endi Mbappe uchun taklif yuborishda tanaffus olgan holda qish mavsumigacha kutishni afzal ko‘rishmoqda. O‘sha paytga kelib, endi 170 mln yevro emas, balki 100 mln yevro ham taklif etilmasligi mumkin.

Xo‘sh endi Mbappe PSJda qolsa yoki «Real»ga o‘tsa uning kelajakdagi faoliyati haqida to‘xtalib o‘tishga harakat qilib ko‘ramiz.

Messi, Neymar, Di Mariya, Mbappe... Ushbu kvartet ayni paytda dunyoning istalgan klubi hujum chizig‘i bilan raqobatda bemalol yutib chiqish imkoniyatiga ega. Kilian Mbappe yangi mavsumda bor e’tiborini PSJ klubiga qaratsa va astoydil jamoa uchun borini bera olsa, Nosir Al-Xelayfi klubi hatto Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishi mumkin. Klubga Ashraf Hakimi, Serxio Ramos, Jorjinyo Veynaldum kabi himoya va hujumga birdek yordam bera oladigan futbolchilarning kelishi PSJni yanada kuchli qilib yuborgan bo‘lishi tabiiy. Qo‘shimchasiga, darvozada endilikda Yevropa chempioni Janluiji Donnarumma ham bor.

Mbappe PSJda qolsa va shartnomani uzaytirishdan bosh tortishda davom etaversa Parij klubi rahbariyati unga jazo sifatida o‘yin amaliyoti bermasligi ehtimoli ham bor. Bu vaziyatda nafaqat klub, balki futbolchining o‘zi ham ko‘p narsalarni yo‘qotadi. Shunday ekan, bu qismat Mbappening boshiga tushishini hech bir futbolni sevuvchi inson xohlamasa kerak. Aks holda, yana bir super yulduz erta so‘nib qolishi ham mumkin.

Mbappe «Real»ga o‘tsa o‘zini ko‘rsatishi ham, ko‘rsata olmasligi ham mumkin. Sababi, jamoaviy ushbu o‘yinda uni to‘p bilan ta’minlab bera oladigan va yaxshi tushunadigan o‘yinchilar bo‘lishi zarur. Karim Benzema va Luka Modrich ushbu ishni yaxshi bajarishiga shubha yo‘q va bu borada Mbappe tez moslasha olishini taxmin qilish mumkin.

Nima bo‘lganda ham Mbappe o‘z tezligi va driblingi, golga chanqoqligi bilan har qanday klub falsafasiga tushib ketadigan futbolchi hisoblanadi va shuning uchun ham bo‘lsa kerak, u ayni paytda dunyoning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:04, 28.08.2021.
O'qildi: 4325 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.