"Barselona"ning yosh futbolchisi Ilaysh Moriba yaqin vaqtlar ichida Kataloniya klubini tark etishi mumkin.
"MD" nashrining xabar berishicha, "Tottenxem" va "Barselona" 18 yoshli yarimhimoyachi masalasida muzokara o‘tkazdi va "shporlar" u uchun 20 million yevro to‘lashga rozi ekanligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Moriba "ko‘k-anorranglilar"dan katta maosh talab qilayotgani sababli klub u bilan xayrlashmoqda.