Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Diyor Imomxo‘jayev: «Navbahor» - Kanchelskis masalasida klub yutib chiqishini istayman

Diyor Imomxo‘jayev: «Navbahor» - Kanchelskis masalasida klub yutib chiqishini istayman

Baho:
+ | -

Kuni kecha FIFA "Navbahor"ga Kanchelskis bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilgani uchun kompensasiya sifatida 1,6 million dollar to‘lash majburiyatini yuklagandi. O‘zbekiston professional futbol ligasi rahbari Diyor Imomxo‘jayev ushbu masalaga to‘xtalib o‘tdi.

"Navbahor" va Kanchelskis masalasida klubdagilar bilan juda ko‘p fikr almashganmiz. Shuning uchun bu mavzuga ortiqcha to‘xtalib o‘tirmayman. Faqat bir narsani aytishim mumkin. Shu ishda "Navbahor" yutib chiqishini juda va juda istayman. Bu yo‘lda barcha chorani ishga solish kerak. Va albatta "Navbahor" bunday ishlardan xulosa chiqarishi shart.

Kanchelskis butun murabbiylik davrida ham da’vo qilayotgan summasiga yarasha ish qilmagan, deb hisoblayman", — deya yozdi Imomxo‘jayev o‘zining telegramdagi kanali orqali.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 07:37, 29.08.2021.
O'qildi: 4729 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик