Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 0-0 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

Mahmud Murodov UFC’dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Mahmud Murodov UFC’dagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov (25-7) Toshkent vaqti bilan 29 avgust tongida UFC Vegas 35 musobaqasida navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Murodovga AQSH vakili Jerald Mirshert (33-14) raqib bo‘ldi. Jangning dastlabki raundi Murodovning katta ustunligida o‘tdi. Biroq ikkinchi raundda Mirshert o‘zbekistonlik yakkakurashchiga bo‘g‘ish usulini qo‘lladi va Mahmud muddatidan avval imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa, Murodov UFC’dagi ketma-ket uchta g‘alabadan keyin ilk mag‘lubiyatini tan oldi.

Ma’lumot uchun, Murodov UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni ochkolar hisobiga ko‘ra, ikkinchi jangida Trevor Smitni uchinchi raundda nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan. Bundan avvalgi jangida Mahmud Endyu Sanchesni nokautga uchratgandi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:46, 29.08.2021.
O'qildi: 16472 marta.
Fikrlar: 80 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик